Yetti yashar bolakay iOS 12 tizimli iPhone’ni laqillatdi!

  •   DiMaX
  •  1623
  •  27.09.2018 15:36

Yetti yashar bolakay iOS 12 tizimli iPhone’ni laqillatdi!

Joriy yilning 17 sentyabrida Apple korporatsiyasi o‘z mobil qurilmalari uchun yangi talqindagi – iOS 12 operatsion tizimini foydalanishga topshirdi. Ushbu apdeyt «havo orqali» kelmasa, qurilmani qanday yangilash mumkinligi haqida ham yozganmiz.

O‘QING: iPhone, iPad yoki iPod’ga yangi – iOS 12 o‘zi kelmasa, proshivkani yuklab olib yangilash uchun tayyor havolalar bor!

iOS 12 tizimiga qo‘shilgan yangiliklardan biri – «Ekran vaqti» bo‘limi va unga tegishli sozlamalardir. Ular smartfon yoki planshet bilan juda uzoq vaqt band bo‘lib qolishning oldini oladi. Masalan, belgilangan vaqt tugaganidan keyin faqat ruxsat etilgan ilovalargina qoladi, boshqalari esa ota-onalar paroli orqali qulflanadi.

Lekin Reddit resursidagi PropellerGuy nikli foydalanuvchining xabar qilishicha, uning yetti yoshli o‘g‘li ana shu cheklovni «aldab» o‘ta olgan. U iOS 12 tizimining yangi imkoniyatlarini sinab ko‘rish maqsadida, o‘g‘lining ayfonidagi o‘yinga vaqt bo‘yicha cheklov qo‘ygan. Ammo bir necha kun o‘tgach, bolakay smartfonda belgilanganidan ko‘ra ko‘proq vaqt o‘ynay boshlaganini payqagan. Buni qanday uddalaganini bilolmay yurganida, o‘g‘li o‘zi aytib bergan.

Bolakay buning «xakercha» yo‘lini topganini aytgan. Ya’ni, limit bo‘yicha belgilangan vaqt tugaganida u o‘sha o‘yinni smartfondan o‘chirib tashlagan va ilovalar do‘konidan boshqatdan olib o‘rnatgan. Shunda iOS 12 hisoblagichi vaqt bo‘yicha sanoqni boshqatdan boshlar ekan.

Xullas, shunaqa gaplar...

O‘QING: O‘n yashar bola iPhone X himoyasini buza oldi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!