Facebook ilovasi endi oq-qora bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  881
  •  09.03.2019 11:40

Facebook ilovasi endi oq-qora bo‘ladi!

Eng ommabop ijtimoiy tarmoqning memmenjeri – Facebook Messenger yaqinda to‘qrang interfeysga ega bo‘lgandi. Kompaniya endi o‘zining asosiy ilovasini yangilashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘QING: Facebook Messenger’da endi egasiga yetib borgan xabarlarni ham o‘chirish mumkin!

XDA-Developers resursi foydalanuvchilaridan biri Android uchun tayyorlanayotgan yangicha Facebook ilovasining suratlarini e’lon qildi. Unda ko‘k rang butkul olib tashlangan va interfeys oq-qora ko‘rinishda taqdim etilgan.

Bu turishida Facebook ko‘proq Instagram ilovasini eslatib yuboradi.

Bundan tashqari, kompaniya dasturchilari uning bosh sahifasiga ikkita yangi varaqa qo‘shishgan: profil hamda videolar bo‘limi.

Ushbu oq-qora interfeys Facebook foydalanuvchilariga qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Chunki uni hozircha rasman taqdim etishmagan, namoyishidan so‘ng ham bosqichma-bosqich tarqatiladi.

O‘QING: WhatsApp’dan foydalaning. Telegram, Facebook Messenger va Google Allo’ga ishonch yo‘q!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!