Facebook mashhur servisni $400 mln.ga sotib olib, Instagram’ga qo‘shdi

  •   DiMaX
  •  1409
  •  16.05.2020 13:37

Facebook mashhur servisni $400 mln.ga sotib olib, Instagram’ga qo‘shdi

Eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa, taniqli messenjerlarga va boshqa bir qator servislarga egalik kiluvchi Facebook kompaniyasi yana bir xaridni amalga oshirdi. Ya’ni, GIF formatidagi animatsiyalar servisi – Giphy ham uning qo‘liga o‘tdi.

O‘QING: Ekrandagi videoni GIF formatida saqlaymiz

Facebook o‘z rasmiy saytida e’lon qilishicha, «vizual ijod va o‘zini namoyon etish sohasidagi yetakchi Giphy servisi Instagram jamoasi tarkibida Facebook’ka qo‘shilgan».

Garchi ushbu xarid qiymati aytilmagan bo‘lsa-da, Axios nashriga ko‘ra, kelishuv narxi 400 million AQSh dollariga teng.

Kompaniya endi Giphy servisini Instagram tarmog‘iga integratsiya qilib, uning Stories hamda Direct qismlarida ideal GIF-fayllar va stikerlar qidiruvini osonlashtirmoqchi. Shuningdek, Giphy mazkur kompaniyaning boshqa servislariga ham joriy etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shundoq ham Giphy kunlik trafigining 25 foizi Instagram’ga, yana 25 foizi kompaniyaning qolgan ilovalariga to‘g‘ri kelar ekan.

O‘QING: Selena Gomesni ham ortda qoldirgan Instagram yulduzi kim bo‘ldi?

Aytish kerakki, ushbu GIF-animatsiyalar servisi 2013 yili ishga tushirilgan va juda ommabop. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u har kuni foydalanuvchilarning 700 milliondan oshiq so‘rovlarini ko‘rib chiqadi va ularga javoban 10 milliard donadan ziyod turli kontentlarni taklif etadi.

Foydalanuvchilar uchun Giphy xaridi va uning Instagram’ga integratsiyasi sezilmaydi. Ular avvalgidek GIF-fayllarni yuklashlari mumkin, dasturchilar va hamkorlar servisning API’sini qo‘llashda, ijodkorlar hamjamiyati esa – kontent yaratishda davom etaveradilar.

O‘QING: Videolar va GIF’larda orqa fonni oson va bepul olib tashlaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!