Facebook Messenger’da endi egasiga yetib borgan xabarlarni ham o‘chirish mumkin!

  •   DiMaX
  •  288
  •  06.02.2019 09:46

Facebook Messenger’da endi egasiga yetib borgan xabarlarni ham o‘chirish mumkin!

Eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa qarashli messenjerga yangi funksiya joriy etildi. Facebook Messenger orqali yuborilgan xabarni endi jo‘natganingizdan keyin ham o‘chira olasiz.

O‘QING: WhatsApp va Messenger’ning asosiy raqibini Sukerberg tan oldi

Bu turli vaziyatlarda asqotadi: xabarni adashib boshqa birovga jo‘natib qo‘yganda, noto‘g‘ri yozib yuborganda va hokazo. Lekin bu funksiya vaqt chekloviga ega: xabar yuborilganidan keyingi 10 daqiqa ichidagina uni o‘chirish mumkin.

Jo‘natilgan xabarni o‘chirish funksiyasi shaxsiy yozishmalarda ham, guruhli chatlarda ham ishlaydi. Undan foydalanish uchun, yuborilgan o‘sha xabarning ustiga bosish va qalqib chiqqan menyuchada «Barcha uchun o‘chirish» – «Udalit dlya vsex» tugmachasini bosish kerak.

Yuborgan xabaringizni faqat o‘zingiz uchun ham o‘chirishingiz mumkin – bunda suhbatdosh(lar)ingizda u o‘chmasdan qoladi. Mazkur funksiyada vaqt bo‘yicha cheklov yo‘q.

Yuborilgan xabarni o‘chirish funksiyasi Android hamda iOS uchun taqdim etilgan Facebook Messenger kliyentlarida, shuningdek ijtimoiy tarmoq saytida ishlaydi.

O‘QING: WhatsApp’dan foydalaning. Telegram, Facebook Messenger va Google Allo’ga ishonch yo‘q!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!