Facebook qanday josuslik qilayotgani haqida rasman hisobot berdi

  •   DiMaX
  •  1425
  •  16.06.2018 17:33

Facebook qanday josuslik qilayotgani haqida rasman hisobot berdi

Eng ommabop ijtimoiy tarmoqdagi 50 milliondan oshiq foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari Cambridge Analytica kompaniyasiga «sizib chiqib» ketganidan xabaringiz bor. Bu ish bo‘yicha Facebook asoschisi Mark Sukerberg mamlakat Kongressida ko‘rsatma bergani haqida ham yozganmiz.

O‘QING: AQSh Kongressida ko‘rsatma bergan Sukerberg: «O‘zimni ham chuv tushirishdi...»

Mazkur eshituv davomida Sukerberg javob bera olmagan savollarning javoblarini Facebook kompaniyasi AQSh hukumatiga yozma tarzda yubordi. Xoh ishoning, xoh ishonmang – bu hujjatning hajmi salkam 500 sahifani tashkil etdi!

Ushbu ulkan hujjatdan anglashiladigan mazmundan lo‘nda qilib olib aytganda, Facebook o‘z foydalanuvchilari haqida quyidagi ma’lumotlarni to‘playotganini o‘zi tasdiqlagan:

  1. Foydalanuvchi qurilmasidagi sichqonchaning harakatlari;
  2. Ijtimoiy tarmoq ochilgan varaqasi bilan qancha muddat va qanchalik tez-tez ishlashi, uning fon rejimida ochilganligi;
  3. Brauzerda qanday qo‘shimcha plaginlar o‘rnatilganligi;
  4. Fotosuratlarning meta-ma’lumotlari, shu jumladan suratga olingan joy va vaqt haqidagi ma’lumotlar;
  5. Qurilmaga o‘rnatilgan boshqa ilovalar;
  6. Devaysda saqlanayotgan fayllarning nomlari va turlari;
  7. Android-gadjetda telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar tarixi;

O‘QING: Facebook tan oldi: u Android-smartfonlardagi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni kuzatmoqda!

  1. Gadjetning xotirasidagi bo‘sh joy hajmi;
  2. Qurilma akkumulyatorining qancha quvvati qolgani;
  3. Wi-Fi hamda uyali aloqa tarmoqlarining ulanish nuqtalari;
  4. Smartfondagi kontaktlar ro‘yxati;
  5. Qurilmaning sozlamalari va nimalarga ruxsati borligi;
  6. Foydalanuvchi bilan aloqa qiladigan boshqa kishilar, ularning fotosuratlari va ular o‘zaro qanchalik tez-tez muloqotga kirishishlari;
  7. Boshqa saytlar orqali amalga oshirilgan xaridlar.

O‘QING: Sizni Facebook kuzatuvidan himoyalovchi kengaytma!

Yuqoridagilar – mazkur ijtimoiy tarmoq yuzerlarning shu sayt va uning ilovalari yordamida to‘playdigan ma’lumotlardir. Bulardan tashqari, Facebook o‘z foydalanuvchilari haqida boshqa kompaniyalardan ham ma’lumotlar olib keladi.

Xullasi kalom, modomiki Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoqdan foydalanar ekansiz, shaxsiy ma’lumotlaringizning maxfiyligini to‘liq ta’minlay olmaysiz. Faqat bu kuzatuv va ta’qiblarni ayrim usullar bilan biroz cheklashingiz mumkin, xolos.

O‘QING: Internetdagi anonimlik uchun maxsus brauzerlar