Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video)

  •   DiMaX
  •  4801
  •  21.09.2020 17:15

Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (video)

Taniqli bloger Markus Braunli (Marques Brownlee) yaqinda Facebook asoschisi Mark Sukerberg bilan intervyu uyushtirdi. Suhbatda bu milliarderning qanday smartfon ishlatishi haqida ham savol berilgan.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Mark Sukerbergning tan olib aytishicha, u Samsung smartfonlarining fanati ekan. Shu bilan birga, u o‘zining Android ishqibozi ekanligini ham aytib o‘tgan.

Braunli undan qanday smartfon ishlatishini so‘raganida, Facebook asoschisi bir necha yildan beri faqat Samsung telefonlarini tutib kelayotganini aytgan:

Lekin eng qiziqarlisi – Sukerberg hozir Samsung kompaniyasining aynan qaysi rusumdagi smartfonini ishlatayotganini aniq aytmagan. Tabiiyki, u biror flagman modeldagisini tutayotgan bo‘lsa kerak, lekin qay biri ekanligi noma’lum.

O‘QING: Qoyilmisiz: iPhone tutganlarni ishdan bo‘shatishyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!