Facebook va Twitter jarimaga tortildi, ularni yana bloklashlari ham mumkin!

  •   DiMaX
  •  392
  •  12.04.2019 18:20

Facebook va Twitter jarimaga tortildi, ularni yana bloklashlari ham mumkin!

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, bu mamlakatdagi veb-servislar foydalanuvchilarining ma’lumotlar bazasini Rossiya hududidagi serverlarda saqlishi lozim. Telegram messenjeri o‘z mijozlarining muloqotlari shifrlash kalitlarini taqdim etmagani uchun sudlashib yurganidan xabaringiz bor.

O‘QING: Telegram’ni tinch qo‘yishmayapti: Durov noiloj kompaniyani yopdi!

Moskvaning Tagansk rayonidagi sudda bugun – 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishida Facebook kompaniyasi uch ming rubllik jarimaga tortildi. Sababi – ijtimoiy tarmoq rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Rossiyada joylashgan serverlarga ko‘chirgan-ko‘chirmaganligi haqida ma’lumot bermagan. Sud zalida Facebook kompaniyasidan biror vakil qatnashmagan.

TASS xabariga ko‘ra, bundan bir hafta avval, ayni shu sabab bilan Twitter ham xuddi shunday miqdorda jarimaga tortilgan edi. Ammo jarima – eng yomoni emas: agarda Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmasa va rossiyalik mijozlarning ma’lumotlarini shu mamlakat hududidagi serverlarga ko‘chirmasa, Rossiyada bu ijtimoiy tarmoqlar bloklab qo‘yilishi mumkin.

O‘QING: Telegram nimasi!? Kerak bo‘lsa, Google ham Roskomnadzorga jarima to‘layapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!