Facebook yangi – Viewpoints ilovasida foydalanuvchilarga pul to‘laydi! (+video)

  •   DiMaX
  •  931
  •  27.11.2019 12:33

Facebook yangi – Viewpoints ilovasida foydalanuvchilarga pul to‘laydi! (+video)

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq o‘zining Viewpoints nomli yangi ilovasini ishga tushirayotganini rasman ma’lum qildi. Ushbu dastur dastlab faqat AQSh hududida amal qiladi, keyingi yilda u ishlaydigan mamlakatlar soni ortadi.

Facebook endi reklama ko‘rganingiz uchun sizga pul to‘laydi!

Viewpoints ilovasida foydalanuvchilarga so‘rovlar ko‘rinishida har xil topshiriqlarni bajarish taklif etiladi. Bunda Facebook foydalanuvchiga ushbu so‘rovdan to‘plangan ma’lumot aynan qay yo‘sinda ishlatilishini boshidanoq aytadi.

Keyin esa, so‘rov-topshiriqlarda muayyan miqdorda ochko to‘plagan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Viewpoints’da jamg‘argan pullarini chiqarib olishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun kishining PayPal tizimida hisobi bo‘lishi lozim. Kompaniya esa, o‘z navbatida, so‘rovda olingan ma’lumotlar asosida o‘z mahsulotlarini yaxshilash hamda bozorda ularning o‘rnini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi.

Facebook to‘planadigan ma’lumotning saqlanishiga maksimal darajada mas’uliyat bilan yondashishini allaqachon aytdi. Kompaniyaga ko‘ra, Viewpoints orqali yig‘ilgan ushbu axborotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi.

O‘QING: Facebook siz undan foydalanganingiz uchun qancha topishini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!