Facebook’da ekstremistik oqimga targ‘ib qilgan shaxslarni DXX qo‘lga oldi

  •   DiMaX
  •  783
  •  22.08.2020 16:57

Facebook’da ekstremistik oqimga targ‘ib qilgan shaxslarni DXX qo‘lga oldi

DXX Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu xususda Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Aniqlanishicha, kosibchilik bilan shug‘ullanuvchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi profili orqali diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish «Abu Saloh», «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning «hijrat», «jihod»ga chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, u Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa bog‘lab, Rossiya Federatsiyasidagi tanishlari orqali ularga bir necha marotaba pul mablag‘lari  jo‘natgan.

Mazkur fuqaro o‘g‘lini, jiyani, sinfdoshi va tanishlarini – jami 6 kishini o‘z virtual guruhiga qo‘shgan.

Guruh a’zolarining yashash manzillaridan 7 ta mobil telefon apparati, 80 ta DVD va CD disklar, 2 ta mikro chip, 2 ta flesh-karta, 1 dona kitob va 1 dona daftar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘QING: Dubayda qo‘lga olingan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar pul va 13 ta lyuks avtomobil chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!