Faol hokim Instagram’da ham sahifa ochdi

  •   DiMaX
  •  850
  •  24.07.2019 09:17

Faol hokim Instagram’da ham sahifa ochdi

Ijtimoiy tarmoqlarda faolligi bilan ajralib turadigan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Instagram tarmog‘ida ham o‘z sahifasini ochdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Hokim: «Rahbarlar ikki kun ichida Facebook’da sahifa ochishsin!»

Instagram’da ham E.Turdimovni yaxshi bilishar ekan – sahifa ochilganining dastlabki soatlarida unga a’zo o‘quvchilar soni 800 nafardan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati hokimi shu paytgacha Facebook, Twitter, YouTube tarmoqlaridagi sahifalari va Telegram messenjeridagi axborot kanali, veb-sayti orqali internet foydalanuvchilari orasida ancha tanilib qolgan. Hozirda uning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga a’zolar soni 16 mingdan, Telegram axborot kanali a’zolari esa 13 mingdan ortiqni tashkil etadi.

O‘QING: Samarqand viloyati hokimi o‘z saytini ochdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!