Firefox yaratuvchilari himoyalangan fayl almashish servisi va uning Android-ilovasini taqdim etishdi (+video)

  •   DiMaX
  •  555
  •  23.03.2019 15:35

Firefox yaratuvchilari himoyalangan fayl almashish servisi va uning Android-ilovasini taqdim etishdi (+video)

Mozilla kompaniyasini asosan Firefox veb-brauzeri orqali taniymiz, lekin uning boshqa dasturiy ta’minot mahsulotlari ham yaxshi. Jumladan, u Android platformasi uchun qulay fayl almashish servisini va uning ilovasini taqdim etdi.

O‘QING: Share Files – o‘zaro fayl almashishning eng qulay va tezkor yo‘li

Firefox Send nomli ushbu servisning asosiy o‘ziga xosligi – xavfsiz ma’lumot almashishni ta’minlovchi shifrlash qo‘llanishidir. Bundan tashqari, mazkur ilova ma’lumotlar «sizib» chiqishining oldini oluvchi yana bir qator foydali funksiyalarga ega.

Foydalanuvchi kerakli faylni Firefox Send orqali «bulutli» serverga jo‘natayotganida, u 128 bitlik AES-GCM shifrlash algoritmini qo‘llaydi. Yuborib bo‘lgach, o‘sha faylni necha marta ko‘chirib olish mumkinligini, shuningdek, unga eltuvchi havolaning amal qilish muddatini ham foydalanuvchi o‘zi belgilashi mumkin. Faylga kirishni parol yordamida himoyalab qo‘ysa ham bo‘ladi; servisga biryo‘la bir nechta faylni uzatish imkoni ham mavjud.

Mana, quyida uning ishlashini ko‘ramiz:

Fayllarni serverga jo‘natgach, foydalanuvchiga uni ko‘chirib olish havolasi keladi, boshlang‘ich sozlamalarga ko‘ra uning amal qilish muddati 24 soat bo‘lib, bu muddatni o‘zgartirish mumkin. Keyin esa, faylni olishi kerak bo‘lgan kishiga shu havola istalgan usulda: biror messenjer, SMS yoki elektron pochta orqali yuboriladi.

O‘QING: «Fayl slishkom velik»: agar fayl fleshkaga ko‘chmasa nima qilamiz?

Android-smartfon egalari Firefox Send mobil ilovasini mana bu havola orqali yuklab olsalar bo‘ladi. Shuningdek, Mozilla’ning mazkur servisidan kompyuter orqali ham foydalanish imkoni mavjud – buning uchun ushbu havola orqali rasmiy saytiga o‘tib, 2,5 gigabaytgacha hajmli fayl uzatish mumkin.

Qulay tomoni shundaki, fayllarni qabul qilib oluvchi kishiga Firefox Send ilovasining keragi ham bo‘lmaydi. Nafaqat bu dastur, balki hatto Android-gadjet ham shart emas! Fayllar kompaniya serverlarida saqlangani uchun, ularni har qanday operatsion tizimli qurilmaga yuklab olish mumkin, brauzeri bo‘lsa bas.

O‘QING: Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!