Flyme 7 proshivkasi: Meizu smartfonlari uchun yangi hayot

  •   Saroy
  •  994
  •  20.06.2018 13:13

 Flyme 7 proshivkasi:  Meizu smartfonlari uchun yangi hayot

Meizu kompaniyasi o‘z smartfonlarining dasturiy ta’minoti haqida hech qachon bosh qotirmagan, chamasi, asosiy e’tiborni apparatning ichki qurilmasiga qaratgan ko‘rinadi. Shu bois ham, kompaniya tomonidan o‘z  telefonlari uchun yangi proshivka ondo-sonda, ba’zan bir yilda bir marta chiqararilgan. Shu yil 20 iyundan boshlab ushbu brendning barcha foydalanuvchilari Flyme 7 proshivkasini o‘rnatib olishi mumkin. Proshivka beshta mashhur smartfon uchun, xususan arzon modelga ham bemalol o‘rnatiladi.

Dasturchilar yaqindagina  Flyme 7’ning yakuniy variantini ishlab chiqqanini e’lon qildi, unda qator yangiliklar ham joriy qilingan. Yangi proshivkada standart ilovalarning tashqi ko‘rinishi, jumladan ikonka ham sezilarli ravishda yaxshilangan.  Endi ko‘plab dasturlar avvalgilarga o‘xshamaydi. Buning evaziga foydalanish yanada qulay bo‘ldi, estetik zavq olish ham ortdi.

O‘QING: Meizu 15 Lite Terabayt.uz’da sinovdan o‘tmoqda

Shuningdek, Flyme 7 tufayli telefonda interfeysning qora mavzusini faollashtirish mumkin, lekin ushbu funksiya global proshivkada negadir yo‘q. Smartfonga o‘rnatilgan ilovalarni bundan buyon alfavit bo‘yicha displeyning ostki chap tomonida  tepaga yoki pastga svayp qilish yo‘li bilan izlash mumkin bo‘ladi. O‘rnatilgan antivirus ham sezilarli darajada modernizatsiyalashtirilgan va hozir ancha samarali ishlaydi, deya ta’kidlaydi dasturchilar. Yana bir foydali yangilik: yangi proshivkada “parda” ortidagi bildirishnoma guruhlarga bo‘linib jamlanishi mumkin, yana tezkor javob tizimiga ham ega.

O‘QING: iPhone X’ni uyaltirgan smartfon

OneMind sun’iy intellekt tizimi hisobiga Meizu  telefoni foydalanuvchisini yuqori ishlash tezligi kutmoqda, jumladan o‘yinlardagi kadrlar chastotasi (FPS) ham. Zero, bularning barchasi ushbu sun’iy ongning ma’lumotlari mobil qurilmaning apparat imkoniyatlarini boshqarishi hisobiga yuz beradi, ya’ni ularni foydalanuvchi oxirgi lahzada nima qilayotgan bo‘lsa, shunga to‘g‘rilaydi. Bu ham qurilmaning vaqtinchalik avtonom holatda ishlashiga ijobiy ta’sir etishi lozim. Bundan tashqari, mashina ta’limi, barmoq izlari skaneri tez ishlay boshladi.

O‘QING: Meizu 16 flagmanlari: narxlari ma’lum, tavsifi ham batafsil

Hozirdanoq,  Flyme 7 proshivkasini Meizu Pro 7, Pro 7 Plus, MX6 va M5 Note smartfonlariga yuklab olish va o‘rnatish mumkin. Buni qilish juda oddiy. Sozlagichdagi «Obnovleniye PO» bo‘limiga kirasiz va qo‘lda qidirishni bajarasiz. Shuningdek, kelgusi 2 hafta davomida barcha foydalanuvchilar yangi dasturni o‘rnatib oling, degan bildirishnomani  ko‘radi. Yaqin kelajakda  Meizu’ning boshqa smartfonlari ham yangi operatsion tizim bilan ta’minlanadi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!