Ford, BMW va Peugeot-Citroen avtomobillari bir birini yo‘l transport hodisalari va piyodalar haqida xabardor qiladi

  •   Saroy
  •  1075
  •  20.07.2018 14:13

Ford, BMW va Peugeot-Citroen avtomobillari bir birini yo‘l transport hodisalari va piyodalar haqida xabardor qiladi

Yetakchi avtomobil  ishlab chiqaruvchilar ilk bor haqiqiy sharoitda turli markadagi avtomobillar hamda yo‘l infratuzilmalari idoralari o‘rtasida uzaro ma’lumotlar almashish texnologiyasini sinovdan o‘tkazishdi.

Test jarayonida Ford Motor, 5G (5GAA) avtomobil assotsiatsiyasi, BMW Group va Peugeot, Citroen, Opel markalarini o‘z ichiga olgan Groupe PSA, shuningdek, Qualcomm i Savari ishtirok etishdi.

C-V2X (Cellular Vehicle-to-Everything)  texnologiyasi namoyish qilinayotgan paytda  avtomobillar orasida to‘qnashuvning oldini olish hamda yo‘l infratuzilmalari bilan aloqa bog‘lash ham sinab ko‘rildi.  Oltita taqdimot doirasida svetofor haqida ogohlantirish va chorrahalarda avtomobillar to‘qnashuvining oldini olish tizimi, qolaversa haydovchini piyoda chiqib qolishidan ham ogoh etivchi texnologiya ham namoyish etildi.

O‘QING:LG dunyodagi birinchi «sun’iy ong»li kir yuvish mashinasini chiqaryapti

C-V2X tizimi intellektual transport tizimi uchun ajratilgan chastota diapazoni bo‘yicha real vaqtda ma’lumotlar almashishni ko‘zda tutadi. Texnologiya uyali tarmoqlar qoplab olmagan hududlarda ham ishlaydi.

Namoyish uchun avtonom yo‘lovchi  Ford, PSA va BMW avtomobillaridan hamda ikki g‘ildirakli BMW elektroskuterlaridan foydalanildi. Ularning barchasi Qualcomm 9150 C-V2X chipsetlari bazasida simsiz ma’lumot almashish tizimi bilan ta’minlandi.

Savari kompaniyasi esa transport vositalarining o‘zaro harakat muvofiqligi tizimi, aniq dasturiy ta’minot va yo‘l infratuzilmasi bilan aloqani ta’minlab berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha,  C-V2X tizimi 2020 yildan boshlab avtomobil sohasiga tatbiq etilishi mumkin.

O‘QING:Diqqat! Axborot urushida yangi qurol paydo bo‘ldi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!