Fossil BMW uchun smart-soatlar yaratish bilan shug‘ullanadi

  •   Saroy
  •  1583
  •  31.07.2018 10:16

Fossil  BMW uchun smart-soatlar yaratish bilan shug‘ullanadi

BMW ham “aqlli” soatlar bozori bilan qiziqmoqda, ammo buning uchun alohida jamoa yig‘ishni rejalashtirayotgani yo‘q. Kompaniya Fossil Group bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga binoan, Fossil Group nemets brendi ostida gadjet ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Bo‘lajak lineyka haqida ma’lumot yo‘q — bu Wear OS’da ishlaydigan to‘laqonli smart-soat ham bo‘lishi mumkin yoki shunday siferblatli gibridli model ham bo‘lishi mumkin. Birinchi aksessuarlar 2019 yildanoq  namoyish etiladi. Ular BMW’ va Fossil savdo tarmoqlarida sotiladi.

O‘QING:Draverik «aqlli» soati: ruchka bilan boshqariladi

O‘zining taqib yuradigan qurilmalaridan tashqari,  Fossil boshqa brendlar ostida ham “aqlli” soatlar modellarini chiqarib keladi. Ular orasida masalan: Diesel, Emporio Armani, Puma, Michael Kors, Skagen va boshqalar. Misfit fitnes-gadjeti ham ushbu guruhga qaraydi.

Agar boshqa avto ishlab chiqaruvchilar haqida gap ketadigan bo‘lsa, bir vaqtlar LG ham Audi uchun “aqlli”  soatlar ishlab chiqargan edi. Bu borada  Ferrari  HP va  Movado,  Aston Martin esa TAG Heuer bilan hamkorlik qilganini aytish joiz bo‘ladi.

O‘QING:Fossil’ning aqlli soatlari: bir yo‘la yettita model

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!