Foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida Apple'ga o‘rin tegmadi

Foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida Apple'ga o‘rin tegmadi

Smartfon tanlashda har kimning o‘z didi va qarashlari, mezonlari bor. Albatta, bu iqtisodiy imkoniyatlar bilan ham hisoblashadi. Taniqli ishlab chiqaruvchilarning flagmanlari tobora qimmatlashib borishi barobarida, smartfonlar imkoniyati ham oshib bormoqda. Shunday bo‘lsa ham, ideal smartfonning o‘zi yo‘q. Bugungi kunda biror smartfonni namuna sifatida bekamu ko‘st qilib ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Sababi ayon: taraqqiyot bir joyda kutib turmaydi, u muntazam o‘sishni talab qiladi.

So‘nggi yillarda taqdim qilinayotgan smartfon modellari har jihatdan qiziq va ahamiyatga ega. Ular endi aloqa vositasi bilan birga, hayotimizning muhim bir jihatini to‘ldiradigan foydali vositadirlar. Foydalanuvchining talabi va ehtiyoji ham ana shunga mos ravishda o‘sib bormoqda.

Xo‘sh, bugun yaxshi sotilayotgan qaysi smartfonlardan odamlarning ko‘ngli to‘lmoqda, ularning qaysilari imkon qadar foydalanuvchini qanoatlantirmoqda? Bu savolga smartfonlar imkoniyatlarini aniqlaydigan AnTuTu laboratoriyasi ekspertlari javob izlashga harakat qilib ko‘rdilar.

Reytingda eng yuqori o‘rinni Sony Xperia XZ Premium egalladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu gadjet o‘zining foydalanuvchilarini qanoatlantirishda 96 foiz natija ko‘rsatgan. Aksariyat foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, buning bosh sababi flagmandagi kuchli platforma hamda Motion Eye kamerasi bilan bog‘liq.

2017 yilning fevralida o‘tkazilgan MWC 2017 anjumanida taqdim etilgan Sony Xperia XZ Premium 19 megapikselli Motion Eye kamera texnologiyasi bilan jahonda yagona. Misol uchun, bu texnologiya idishdan to‘kilgan suvning tomchilarini ham aniq-tiniq muhrlay oladi.

Gadjetning boshqa o‘ziga xos jihatlari: Qualcomm Snapdragon 835 kuchli protsessori, 4 gigabaytli tezkor 64 GB doimiy xotira, suv va chang kirmaydigan alyuminiy korpus, 2,900 mA soat sig‘imli akkumulyator, Android 7 Nougat operatsion tizimi, microSD—256 Gb.gacha.

Bu bosh sensor professional kamera kabi sekundiga 960 ta kadrni muhrlashga qodir. f/2.0 standartidagi optik pribor o‘rnatilgan kamerada giroskop, fazani «aqlli» aniqlash, lazerli avtofokus, svetodiodli fotochaqnoq, sifatni tekshirish kabi funksiyalar mavjud. Old kamera uchun 13 megapikselli keng burchakda surat oladigan sensor tanlangan.

Mobil aloqa vositasi 800 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Reytingda kutilmaganda ikkinchi o‘rin 94 foizlik natija ko‘rsatgan Meizu Pro 6 Plus modeliga nasib qilgan. U hattoki yaxshi sotilgan Xiaomi Mi Mix 2 modelidan ham bir pog‘ona o‘zib ketgan.

O‘qing: Meizu Pro 6 Plus – yangi musiqiy flagman

Ulardan so‘ng reytingda quyidagi smartfon modellari turibdi: OnePlus 6, Samsung Galaxy S8+, Xiaomi Mi Max 2, Huawei Mate 9, Meizu X hamda Huawei Mate 9 Pro.

Yuqoridagi ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, nisbatan foydalanuvchi ishonchini qozongan smartfon yaratishda Xiaomi, Huawei hamda Meizu kompaniyalari yetakchi.

Negadir mazkur reytingda butun jahon bo‘ylab sotiladigan Apple mahsulotlari yo‘q.

O‘qing: "Malika"dan savol: "iPhone X'ning Galaxy S9'dan qanday ustunliklari bor?"

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!