Freewrite Traveler: zamonaviy matn teradigan mashinka

  •   Saroy
  •  599
  •  03.10.2018 15:02

Freewrite Traveler: zamonaviy matn teradigan mashinka

Freewrite Traveler qurilmasi kichkinagina va juda jo‘n noutbukka o‘xshaydi, odatdagi katta ekran o‘rniga kichkina e-lnk displeyi o‘rnatilgan. Unda matnlarni bosib chiqarsa bo‘ladi. Natijada uni bosma mashinaning zamonaviy muqobili deyish mumkin.

Mashinkaning pastki qismida xuddi noutbuklarnikiga o‘xshagan klavishlarni teradigan to‘laqonli klaviatura joylashgan. Qolaversa, bu yerda eski pechat mashinalarnikiga o‘xshab qog‘oz ishlatilmaydi va xatolarni tuzatish muammosi ham yo‘q. Bunday mini-kompyuterlarning og‘irligi  bir kilogramm ham chiqmaydi va bir marta qo‘vvatlantirilgach qatorasiga to‘rt haftagacha ishlaydi. Quvvatlantirish va hujjatlarni internetsiz saqlash uchun USB Type-C tirqishidan foydalaniladi.

O‘QING:Intel protsessorlarida ishlaydigan mini kompyuterlar maqbul narxlarda

Ushbu mini-kompyuter internetga ham qo‘shilishni biladi. U matnlarni va qaydlarni saqlash uchun Dropbox, Google Drive va Evernote’da ishlaydi. Qurilmaning o‘zi har doim hujjatlarni saqlab boradi. Shunday ekan matn yo‘qolib qolish xavfi yo‘q.

Gadjet har kuni ko‘p matn yozadiganlar va chalg‘ishni istamaganlar uchun yaratildi.  Unda har foydalanuvchining e’tiborini  chalg‘itadigan  eslatmalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar yo‘q.

Mazkur mashinka avvaldan buyurtma berilsa 299 dollar qilib belgilangan va 2019 yildan boshlab savdoga chiqariladi.

O‘QING:Gigabyte yangi mini-kompyuterni taqdim etdi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!