Futbol yulduzi Instagram’da rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1026
  •  04.01.2021 12:32

Futbol yulduzi Instagram’da rekord o‘rnatdi!

Biz yaqinda Instagram’da eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP-20 reytingini e’lon qilgan edik. Endi shu ro‘yxat yetakchisi yangi rekord o‘rnatdi – u mazkur tarmoqda 250 million obunachiga ega ilk akkaunt bo‘ldi!

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Bunday ommaboplikka erishgan akkaunt mashhur portugal futbolchisi Krishtianu Ronalduga tegishli. Buncha obunachilarning katta qismini u oxirgi uch yilning o‘zida to‘plagan. 2017 yili u Instagram’dagi ommaboplar orasida uchinchi o‘rinda edi; 2020 yil mobaynida uning ushbu tarmoqdagi muxlislari 50 million nafarga ko‘paygan.

Instagram’dagi mashhurlar reytingida ikkinchi o‘rinni 214 million nafar obunachi bilan xonanda Ariana Grande egallagan. Kuchli uchlikni taniqli aktyor Dueyn Jonson yakunlab bergan – 209 million. Ulardan keyingi o‘rinlarda esa tegishlicha bloger Kayli Jenner (207 million) hamda xonanda Selena Gomes (201 million) turibdi.

Bir jihatiga e’tibor bering: Ronaldu faqat personal – shaxsiy akkauntlar orasida yetakchi. Ushbu ijtimoiy tarmoqda Instagram’ning o‘ziga tegishli akkaunt 382 million nafar obunachiga ega, lekin u bu kabi reytinglarda hisobga olinmaydi.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!