Gadjetlardan foydalanish oqibatlari: ekspertlar fikri bilan tanishing

  •   Saroy
  •  1645
  •  27.10.2018 13:32

Gadjetlardan foydalanish oqibatlari: ekspertlar fikri bilan tanishing

Zamonaviy gadjetlardan foydalanish muskullar gipotrofiyasi, ko‘zning qurib qolishi va uzoqni ko‘rolmaslik muammolarini keltirib chiqaradi. Ammo mobil telefonlar va plenshetlarning onkologik kasalliklar rivojlanishiga hech qanaqa ta’siri yo‘q.

RIA «Novosti» nashri ekspertlar orasida so‘rov o‘tkazib, olingan natijalarni e’lon qildi.

«Bizda ta’sir qiluvchi atrof muhit faktorlari ko‘p. Ular qatoriga turli gadjetlar kabi faktorlar ham kiradi. Ekranga uzoq va davomli tikilish natijasida odamlar ko‘zini kam pirpiratadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, gadjetga berilgan odamlar ko‘zini odatdagidan besh marotaba kam pirpiratar ekan», — deydi vrach-oftalmolog, tibbiyot fanlari nomzodi Irina Leщyenko.

Uning ta’kidlashicha, inson me’yor bo‘yicha ko‘zlarini bir daqiqada o‘rtacha 15-17 marotaba yumib ochadi, gadjetdan foydalanganda esa ko‘z pirpiratish uch-besh barobarga qisqaradi, hatto ayrimlarda daqiqada bir martaga tushib qolishi mumkin.

O‘QING: Ayollar ishlatadigan gadjetlar erkaklarnikidan iflosroq bo‘lishi aniqlandi

«Ko‘z pirpiratish ko‘zning old yuqori qismi quruqshasa yuz beradi. Aslida u yosh tomchilari bilan har doim ho‘llanib turishi kerak. Pirpiratish esa, bu yangi yosh tomchisi chiqib ko‘z yuzasi bo‘ylab teng tarqalishi uchun signal hisoblanadi. Pirpirash bo‘lmasa, ko‘zdan yosh ham chiqmaydi», — deydi Leщyenko.

Bu esa ko‘zni quruqshab qolishiga olib keladi. Ko‘z qizaradi, qum yoki boshqa begona narsa tiqilgandek bo‘ladi.

Ekspertning aniqlik kiritishicha, gadjetni uzoq vaqt ishlatish yigirma yildan keyin shapko‘rlik muammosini ham keltirib chiqaradi. Aslida bu kasallik insonga genetik yo‘l bilan kiritilmagan bo‘ladi.

«Biz bir narsaga e’tibor qaratdik, avvalllari uzoqni ko‘rolmaslik muammosi 18 yoshgacha paydo bo‘lardi, chunki bu vaqtda organizm o‘sayotgan bo‘ladi. Endi esa biz odamlar hatto oliy o‘quv yurtlarini bitirgandan keyin ham ushbu muammo bilan murojaat qilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Avvallari bunaqasi bo‘lmasdi. Xo‘sh bunga sabab nima? Gap shundaki, hozirda gadjetdan har kuni 16−18 soatlab foydalanishmoqda.

Onkologiya qo‘rqmasa ham bo‘ladi

O‘z navbatida Rossiya klinik onkologiya jamiyati (RUSSCO) a’zosi,  tibbiyot fanlari doktori, professor Nikolay Jukovning ma’lum qilishicha, gadjetdan foydalanish onkologik xastaliklarning rivojiga umuman ta’sir qilmaydi.

Hozirgacha o‘tkazilgan barcha tadqiqotlar gadjetlardan foydalanishning onkologik kasalliklarni rivojlantirishiga asos bo‘lgani isbotlangani yo‘q», — deydi Jukov.

O‘QING: Tesla gadjetlar uchun ilk poverbankni sotuvga chiqardi

Uning aytishicha, magnit nurlari ko‘plab buyumlarda bor, jumladan televizorda, simlar, quyoshda ham. Bu yerda mobil telefonlarni istisno qilib bo‘lmaydi.   Lekin mazkur nurlanishlar inson salomatligi uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Buni G‘arbiy Yevropa hamda AQShda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham tasdiqlamoqda.

Gipodinamiya — zamonamizning dolzarb  muammosi.

Bundan tashqari, inson telefon yoki planshet  bilan ishlayotganda noto‘g‘ri holatda o‘tirsa, uning govdasida muammo paydo bo‘ladi. Bular   — kifoza, skolioz va oddiy bukchayish, deydi  travmatolog-ortoped, tibbiyot fanlari nomzodi Sergey Dedov.

«Hozirda eng katta muammo shuki, bolalar hech qanaqa sport bilan shug‘ullanmay qo‘yishdi, uyda faqat gadjet bilan bo‘lishadi. Gipodinamiya — bu zamonamizning eng og‘riqli muammosiga aylangan. Keyin esa, unga boshqa barcha muammolar qo‘shiladi — bolalar displastik, nimjon bo‘lib qoladi. Muskul gipotrofiyasi yuz beradi», — deydi Dedov.

Bundan tashqari, gadjetdan haddan tashqari ko‘p foydalanish oqibatida kishida nevrologik ko‘rinishidagi muammolar ham paydo bo‘la boshlaydi, bular bo‘yin va qo‘l-oyoqlarda  og‘riqlarning paydo bo‘lishi.

«Agar kishi har doim klaviaturada ishlasa, unda epikondilit paydo bo‘ladi. Bu  tirsak bug‘unlaridagi muskullar og‘rig‘idir.

Shuncha zarari bo‘lishiga qaramay, ekspertlar gadjetni ishlatishning ijobiy tomonlari ham borligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, xabarni barmoqlarda tezlik bilan yozish barmoq harakatlarini yaxshilaydi, qo‘lda qon yurishini sozlaydi.

Telefonni kam ishlating

Lekin, sog‘liqqa zarar yetkazmaslik uchun gadjetlardan foydalanishni baribir kamaytirish lozim.

«Eng muhimi, planshetlar va telefonlarga qaramlikdan xalos bo‘lish lozim. Bolalarga esa gadjetdan foydalanishni kuniga bir soatdan oshirmaslik va ikki soat dam berilishi lozim», — aniqlik kiritdi Dedov.

O‘QING: O‘zbekistonda barcha turdagi mobil gadjetlar ro‘yxatga olinadi

Oftalmologlar ko‘z nurini saqlash uchun  20−20−20 tartibiga amal qilish kerak , deyishmoqda. Har 20 daqiqada  20 soniya 20 metr uzoqqa qarab turish lozim.

Bundan tashqari, gadjetdan foydalanganda ko‘z nurini asrash uchun ergonomik qoidaga rioya qilish lozim. Bunday qoidalarning biri imkon qadar telefonni ko‘zdan uzoqroq tutishdir. Agar gadjetlardan ajrala olmasangiz, yaxshisi u  ekrani imkon qadar katta qurilma bo‘lsin.

Ammo ko‘zni chiniqtirish uchun bajariladigan mashqlar gadjetlardan haddan ziyod ko‘p foydalanganda ko‘z nurlarini asrab qololmaydi.  «Mashqlarni istaganingizcha bajarishingiz mumkin, lekin bunday mashqlar ko‘zlarimga foyda bo‘ldi,  degan odamni hali uchratmadim», — deya ta’kidladi Irina Leщyenko.

O‘QING:Nega bolaning gadjetlar bilan o‘tkazadigan vaqtini cheklash kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!