Galaxy A01 Core – eng arzon Samsung smartfoni bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  3831
  •  24.06.2020 13:22

Galaxy A01 Core – eng arzon Samsung smartfoni bilan tanishamiz!

Samsung kuni kecha Galaxy M01s smartfoni hamda Galaxy Watch 3 aqlli soati uchun sertifikat olgan edi. Taniqli informator Mukul Sharma (Mukul Sharma) esa kompaniyaning eng arzon yangi smartfoni haqida xabar berdi.

O‘QING: Samsung smartfonlarga chegirma e’lon qilayotib, Huawei’ni masxaraladi

Bu yerda gap boshlang‘ich darajadagi Samsung Galaxy A01 Core modeli haqida ketmoqda. Uning xususiyatlari v suratini Google Play Console ma’lumotlar bazasidan topishgan.

Smartfonning ekran o‘lchami keltirilmagan, ammo uning tasvir aniqligi 720x1480 piksellik, displeyda piksellar zichligi esa 320 DPI ekanligi ma’lum. Samsung bu mahsulotini 2–3 yil avvalgi smartfonlar dizaynida tayyorlagan – ekran osti va ustida enli romlar mavjud.

Ushbu qurilmaning apparat ta’minoti asosini tashkil etuvchi MediaTek MT6379WW protsessori 1,5 GGs.lik takt chastotasida ishlovchi to‘rtta Cortex-A53 yadrosini o‘z ichiga oladi. Galaxy A01 Core tezkor xotirasi atigi 1 gigbaytlik, lekin smartfon Android 10 Go operatsion tizim talqini bilan ishlashini hisobga olsak, shuyam yetarli.

Kompaniya bu arzon smartfonini yaqin orada taqdim etishi va rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlariga chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirdi: bu arzon smartfonni kutmay qo‘yaveramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!