Galaxy A10s – yangi bestseller: qo‘sh kamera, daktiloskop va kuchli akkumulyator!

  •   DiMaX
  •  2365
  •  24.06.2019 15:33

Galaxy A10s – yangi bestseller: qo‘sh kamera, daktiloskop va kuchli akkumulyator!

Samsung kompaniyasi joriy yilning fevral oyi oxirida o‘rta narxli smartfonlar turkumidagi eng arzon – Galaxy A10 (sotib olish) modelini taqdim etgan edi. Yaqindagina esa uning nisbatan ixcham versiyasi – Galaxy A10e telefoni namoyish etildi.

O‘QING: Samsung endi Galaxy A70s, Galaxy A30s va Galaxy A20s smartfonlarini tayyorlayapti

Janubiy koreyaliklar endi Galaxy A10s versiyasini ham tayyorlashibdi. AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) kuni kecha uni sertifikatdan o‘tkazdi va shunda gadjetning ayrim xususiyatlari oshkor bo‘ldi.

Ushbu smartfon FCC ma’lumotlar bazasida SM-A107F model raqami ostida ro‘yxatdan o‘tgan. Quyidagi suratdan ko‘rinib turibdiki, Samsung uni Galaxy A10 hamda Galaxy A10e modellarida mavjud bo‘lmagan barmoq izi skaneri hamda qo‘sh kamera bilan jihozlagan:

Shu bilan birga, Galaxy A10s modelida akkumulyator tok sig‘imi ham oshirilgan: standart Galaxy A10 smartfonida bu ko‘rsatkich 3400 mA/soatlik bo‘lsa, yangi devaysda 3900 mA/soatga yetkazilgan. Va nihoyat, Galaxy A10s korpusining o‘lchami 157x75,8 millimetrlik ekani ham ma’lum.

Aftidan, Galaxy A10s modelining ekrani va apparat platformasi yangilanmasa kerak – diagonaliga 6,2 dyuymlik, aniqligi 1520x720 piksellik IPS-displey hamda Exynos 7884 protsessori. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting. Terashop.uz internet-do‘konimizdan esa ayrim Samsung telefonlarini atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Samsung Galaxy R turkumidagi ilk smartfon qachon taqdim qilinadi?