Galaxy A23 seriyada yana bir yangi smartfon taqdim etiladi

Galaxy A23 seriyada yana bir yangi smartfon taqdim etiladi

Galaxy A23 5G yaqin kunlar ichida taqdim etilishi kutilmoqda. Ushbu smartfon yolg‘iz taqdim etilmaydi. Seriyasiga A23e modeli ham qo‘shiladi.

Smartfon Hindiston bozori uchun ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Renderlar orqali smartfon qanday dizaynda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Korpus sifati va hajmi bo‘yicha A23e avvalroq taqdim etilgan A23 modelidan farq qilmaydi. Asosiy farq esa kamerlarda, chunki A23e modeliga faqat bitta kamera o‘rnatiladi. Anchadan beri Samsung bitta kameraga ega smartfon taqdim etmagan edi.

Shunisi ma’lumki, ushbu model A23 modellari orasida eng arzon smartfon bo‘ladi. Hozirda uning texnik ko‘rsatkichlari haqida hech qanday ma’lumot mavjud emas. Smartfon havorang, oq va qora ranglarda taqdim etildi. Narx to‘g‘risida ham ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

O‘QING: Samsung rasman Galaxy Watch5 va Watch5 Pro soatlari taqdim qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!