Galaxy A30s taqdimoti yaqin – Galaxy A50’dan farqi yo‘q hisobi!

  •   DiMaX
  •  3195
  •  30.07.2019 16:37

Galaxy A30s taqdimoti yaqin – Galaxy A50’dan farqi yo‘q hisobi!

Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A turkumidagi ayrim modellarning qo‘shimcha – yaxshilangan versiyalarini tayyorlayapti. Hozircha ulardan kamida Galaxy A10s, A20s hamda A30s rusumli smartfonlar haqida eshitganmiz.

O‘QING: Samsung endi Galaxy A70s, Galaxy A30s va Galaxy A20s smartfonlarini tayyorlayapti

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Hindistonda allaqachon Galaxy A30s ishlab chiqarila boshlagan, demak – uning taqdimotiga oz vaqt qolgan. Manbaning ta’kidlashicha, uning original Galaxy A30 (sotib olish) modelidan asosiy farqi bosh kamerasidadir. Ya’ni, unda kamera ikki emas, balki uch modulli bo‘ladi, ammo bu uchinchi datchikning aynan qanaqa modul ekanligi hozircha ma’lum emas.

Bundan tashqari, Galaxy A30s modelining ekranida ham sal farq mavjud: unda endi Infinity-U emas, balki Infinity-V turidagi displey qo‘llanmoqda.

Yana internetda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy A30s smartfoniga Exynos 9609 yoki 9610 protsessori o‘rnatilmoqda. Mazkur chipset esa Galaxy A30 «elektron yuragi» bo‘lmish Exynos 7904’ga qaraganda anchagina samarador. Agarda shu ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, Galaxy A30s modeli hozirda ancha xaridorgir bo‘lgan Galaxy A50 (sotib olish) smartfoni bilan salkam bir xil bo‘lib qoladi. Farqi faqat barmoq izi skanerining ekranga emas, balki orqa panelga joylangani bo‘ladi, xolos.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda har xil rusumlardagi Samsung telefonlarini 619 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: «O‘nta qo‘y nima bo‘ladi!?» – Samsung yana kamida to‘rtta modelda Galaxy A smartfoni tayyorlayapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!