Galaxy A32 4G uchun Android 12

Galaxy A32 4G uchun Android 12

Bir necha hafta oldin Samsung o'zining Galaxy A32 smartfoni 5G modeli uchun Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 yangilanishini ayrim davlatlarda tarqatishni boshlagan edi. Endilikda kompaniya Galaxy A32 4G uchun ham proshivka versiyasi A325FXXU2BVD6 bo'lgan Android 12 yangilanishini va 80 dan ortiq maxfiylik va xavfsizlik zaifliklarini tuzatadigan shu yilning aprel oyi xavfsizlik yamog'ini Hindistonda tarqatishni boshladi deya xabar bermoqda SamMobile nashri.

Samsung shu kungacha o'zining quyidagi Galaxy smartfonlari uchun Android 12 yangilanishini tarqatib bo'lgan/tarqatmoqda/tarqatadi:

Galaxy S:

Tarqatib bo'lingan:

  • Galaxy S21
  • Galaxy S20 FE

Tarqatilmoqda:

  • Galaxy S21+
  • Galaxy S21 Ultra
  • Galaxy S20
  • Galaxy S20+
  • Galaxy S20 Ultra
  • Galaxy S10
  • Galaxy S10e
  • Galaxy S10+
  • Galaxy S10 5G
  • Galaxy S10 Lite

Galaxy Note:

Tarqatib bo'lingan:

  • Galaxy Note 20
  • Galaxy Note 20 Ultra

Tarqatilmoqda:

  • Galaxy Note 10
  • Galaxy Note 10+
  • Galaxy Note 10 5G

Galaxy buklamafonlari uchun:

Tarqatib bo'lingan:

  • Galaxy Z Fold 3
  • Galaxy Z Flip 3

Tarqatilmoqda:

  • Galaxy Z Fold 2
  • Galaxy Fold
  • Galaxy Fold 5G
  • Galaxy W22
  • Galaxy Z Flip 5G
  • Galaxy Z Flip

Galaxy A:

Tarqatilmoqda:

  • Galaxy A82 5G
  • Galaxy A72
  • Galaxy A52
  • Galaxy A52 5G
  • Galaxy A52s 5G
  • Galaxy A42 5G
  • Galaxy A32 5G
  • Galaxy A32 4G
  • Galaxy A71 5G
  • Galaxy A51 5G
  • Galaxy A51

Tarqatiladi:

  • Galaxy A21
  • Galaxy A12
  • Galaxy A02s
  • Galaxy A01
  • Galaxy A11

Galaxy M:

Tarqatilmoqda:

  • Galaxy M62
  • Galaxy M31
  • Galaxy M21
  • Galaxy M31s
  • Galaxy M51

Galaxy F:

Tarqatilmoqda:

  • Galaxy F41

2022-yilda taqdim qilingan yangi avlod Galaxy smartfonlari Android 12 o'rnatilgan holda chiqarilgan va shu sabab ular yuqoridagi ro'yxatda mavjud emas. Shuningdek, ro'yxatda nomi keltirilmagan eski Galaxy smartfonlari katta ehtimol bilan Android 12 yangilanishini qabul qilmaydi. Ro'yxat 6-may sanasiga ko'ra, 9to5Google tomonidan tayyorlangan.

O'QING: YouTube Go bilan xayrlashib oling