Galaxy A40 kutilganidan arzonroq chiqyapti, xususiyatlari bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  7796
  •  02.03.2019 13:41

Galaxy A40 kutilganidan arzonroq chiqyapti, xususiyatlari bilan tanishing

Samsung yaqindagina «beli baquvvat» Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlarini namoyish qilgan edi. Endi kompaniya nomi va texnik jihatlariga ko‘ra shu ikkalasining oralig‘idagi Galaxy A40 modelini ham taqdimotga tayyorlayapti.

O‘QING: Eng arzon Galaxy A smartfoni ham taqdim etildi – narxi va xususiyatlari bilan tanishamiz!

Samsung Galaxy A40 haqida ilk ma’lumotlar chiqqanida, uning qiymati 300-320 yevro bo‘lishini aytishgan edi. Lekin manbalarning yangi xabarlariga ko‘ra, Yevropada bu modelni 250 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotishadi.

Uning 6,4 dyuymlik AMOLED Infinity-U ekrani 2340x1080 piksellik aniqlikda tasvir uzata oladi. Yangi qurilma ham Galaxy A30 modelida qo‘llangan Samsung Exynos 7904 protsessori bazasida ishlaydi. Galaxy A40 tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 4 hamda 64 gigabaytlik hajmda bo‘lishi aytilmoqda. Bosh kamerasi qo‘shaloq bo‘lsa kerak, ammo qanaqa modullardan iborat – bunisi noma’lum.

Galaxy A40 smartfoni Android 9.0 Pie tizim talqini bilan taqdim etiladi, lekin namoyish sanasini sir tutishmoqda. Lekin manbalarga ko‘ra, Samsung to shu yilning iyuniga qadar Hindistonda har oyda bittadan Galaxy A turkumidagi yangi modelini taqdim qiladi. Shunga qaraganda, ushbu devaysni mart oyidayoq ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S10 flagmani allaqachon Terashop.uz’da! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 28 fevral)