Galaxy A60 taqdimot arafasida TENAA’da: 6.3 dyuymlik Infinity-O displey, uchtalik kamera va 3410 mA/soatlik akkumulyator!

  •   DiMaX
  •  1959
  •  27.03.2019 18:34

Galaxy A60 taqdimot arafasida TENAA’da: 6.3 dyuymlik Infinity-O displey, uchtalik kamera va 3410 mA/soatlik akkumulyator!

Samsung o‘zining o‘rta narxli hamda hamyonbop smartfonlar turkumlariga ham jiddiy e’tibor bermoqda. Jumladan, kuni kecha namoyish qilingan Galaxy A70 modeli hatto kompaniyaning flagmanidan kuchli jihatlarga ega.

O‘QING: Galaxy A70 taqdim etildi: Snapdragon 670 va ikkita 32 MPlik kamera; 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa Galaxy S10’dan tez quvvatlanadi!

Endi esa TENAA agentligi saytida Galaxy A60 modeli haqida ham ayrim ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Suratlariga qaraganda, uning tashqi ko‘rinishi Galaxy A8s smartfoniga o‘xshab ketadi. Kutilayotgan qurilmada keng formatli Infinity-O turidagi displey qo‘llangan, ya’ni uning yuqori chap burchagida old kamera uchun «teshik» mavjud. Korpusning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri hamda uch modulli kamera joylashgan.

TENAA hujjatlariga ko‘ra, Samsung Galaxy A60 modelida diagonali 6.3 dyuymlik Full HD+ displey qo‘llangan. Uning protsessori sakkiz yadroli bo‘lib, maksimal 2.0 GGs takt chastotasida ishlashi ma’lum qilingan, ammo bu chipset modeli noma’lum.

Galaxy A60 smartfoni 6/8 GBlik tezkor va 64/128 GBlik doimiy xotira bilan taqdim etiladi. Uning old kamerasi 32, bosh kamera esa 16+8+5 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga olgan. Smartfonning «quvvat toshi» esa 3410 mA/soatlik akkumulyatordir.

Samsung ushbu gadjetini 10 aprel kuni uch xil: Black, Blue va Orange rangli korpuslarda taqdim etadi. Kompaniyaning jahon bozoriga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini, jumladan, Galaxy A30 hamda Galaxy A50 modellarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!