Galaxy A60 – «teshik» displeyli nisbatan arzon smartfonni aprelda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2225
  •  18.01.2019 10:16

Galaxy A60 – «teshik» displeyli nisbatan arzon smartfonni aprelda ko‘ramiz!

Samsung kompaniyasining o‘rta toifali smartfonlar turkumida Galaxy A10, A30, A50, A70 hamda A90 modellarini tayyorlayotgani ma’lum edi. Endi bu safga yana bitta – Galaxy A60 rusumli smartfon ham qo‘shilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy A turkumida yangi – A10, A30, A50, A70 va A90 smartfonlari chiqadi!

PhoneArena resursining «ishonchli manba»ga tayanib xabar berishicha, Galaxy A60 smartfoni xususiyatlari va narxiga ko‘ra Galaxy A50 va A70 modellarining o‘rtasidagi gadjet bo‘ladi.

Janubiy koreyaliklar Galaxy A8s modelida yangi texnologiya – Infinity-O displeyini ilk bor qo‘llaganidan xabaringiz bor. Galaxy A60 xuddi shu smartfonning «yengilroq» versiyasi bo‘ladi, deyishmoqda. Ya’ni, Samsung endi nisbatan arzonroq telefonlarida ham old kamerani ekrandagi «tirqish»ga joylay boshlaydi.

Galaxy A60 yakka kristalli Exynos 9610 protsessori bazasida ishlaydi. Uning texnik xususiyatlari haqida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q, faqat shu yilning aprelida taqdim etilishi aytilmoqda.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy S10 Plus’ni ishlayotgan holida «jonli» tomosha qilamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!