Galaxy M01 xususiyatlari va narxi e’lon qilindi: Redmi 8A va Realme C3 kushandasi!

  •   DiMaX
  •  2972
  •  26.05.2020 10:05

Galaxy M01 xususiyatlari va narxi e’lon qilindi: Redmi 8A va Realme C3 kushandasi!

Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy M turkumining eng arzon vakili – Galaxy M01 modelini taqdim etib ulgurmadi. Lekin ushbu smartfonni avvalroq Geekbench servisida tekshirib ko‘rishgan edi. Yana...

O‘QING: Samsung’ning eng arzon smartfoni – Galaxy M01 xususiyatlari sizga ham yoqadi!

91mobiles resursi allaqachon Samsung Galaxy M01 haqida «riteyldagi manbalardan eksklyuziv ma’lumot» olib ulgurdi. Unga ko‘ra, mazkur arzon smartfonni Hindistonda, boshqa ba’zi hududlarda allaqachon sotilayotgan Galaxy M11 bilan birga taqdim etiladi. Manbalar hatto Galaxy M01 narxini ham aytishgan – Samsung uni 132 dollardan kamroqqa baholamoqda.

Insayderlarga ko‘ra, Samsung ushbu modeli bilan xitoyliklarning o‘ta arzon Realme C3 (Narzo 10A) hamda Redmi 8A smartfonlariga raqobatga kirishmoqchi.

Samsung Galaxy M01 diagonaliga 5,71 dyuymlik TFT-ekran bilan jihozlaydi, displeyning tasvir aniqligi esa HD+ formatida (720x1560 piksellik) bo‘ladi. Smartfonning «elektron yuragi» – Snapdragon 439 protsessori, tezkor/ichki xotirasi esa tegishlicha 3/32 gigabaytlik.

Kutilayotgan qurilmaning bosh kamerasi qo‘shaloq – 13 + 2 megapiksellik, old kamerasi esa 5 megapiksellik bo‘ladi. Uning 4000 mA/soatlik akkumulyatori 5 vattlik standart zaryadlanadi. Galaxy M01 modelida barmoq izi skaneri ko‘zda tutilmagan.

O‘QING: Samsung’ning navbatdagi arzon smartfonlari – Galaxy M51 hamda M31s haqida xushxabarlar bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.