Galaxy M13 smartfoni taqdim etildi

Galaxy M13 smartfoni taqdim etildi

Samsung kecha jimgina Galaxy M13 smartfonini taqdim etdi. Qurilma M seriyadagi eng arzon smartfon. Garchi kompaniya smartfonning narxini e’lon qilmagan bo‘lsa-da, uning texnik ko‘rsatkichlariga qarab narx yuqori bo‘rmasligini taxmin qilish mumkin.

Qurilma FHD+ rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli displey bilan jihozlangan. Displeyning yuqorisidan tomchisimon shakldagi selfi kamera o‘rin olgan. Smartfonga 4GB tezkor, 64/128GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan Exynos 850 chip o‘rnatilgan. 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan qurilma uzoq muddat ishlab berishi mumkin. 

Kamera texnik ko‘rsatkichlari juda yuqori emas. Orqa paneldan 50MP asosiy, 5MP ultrakeng va 2MP sath kamera o‘rin olgan. Old paneldagi selfi kameraning rezolyutsiyasi 8 megapikselni tashkil etadi. 

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI Core 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. “Core“ qobig‘ida asosan byudjet sinfidagi Galaxy smartfonlari ishlaydi.

Galaxy M13 modeli 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. Biroq keyinroq uning 5G modemga ega versiyasi sotuvga chiqishi aytilmoqda. 

Qurilma Deep Green, Orange Copper va Light Blue ranglarda taqdim etildi. Unda ikkita SIM-karta uchun joy va 3.5 mm audio jek mavjud. 

O‘QING: iPhone 14 qatoridagi modellarning biri biroz kechikib chiqarilishi mumkin