Galaxy Note 9’dagi nuqsonni Samsung tan olmadi!

  •   DiMaX
  •  1793
  •  29.08.2018 18:44

Galaxy Note 9’dagi nuqsonni Samsung tan olmadi!

Samsung kompaniyasining eng qimmat smartfoni – Galaxy Note 9 modelining ilk xaridorlari undagi defektdan nolishayotgani haqida xabar bergandik. Nihoyat, janubiy koreyalik texnogigant bunga munosabat bildirdi, ammo...

O‘QING: Galaxy Note 9’larda allaqachon ishkal chiqa boshladi!

Ushbu modeldagi aksariyat fabletlarning ekrani korpus romiga tutashgan joyidan yorug‘lik chiqayotgan ekan. Samsung tarqatgan rasmiy izohda aytilishicha, bu aslo brak emas emish.

«Samsung Galaxy Note 9 displey modulining tuzilish xususiyatlariga ko‘ra, qurilma yetarlicha yoritilmagan sharoitlarda ishlatilganida shishaning qirralarida yorug‘lik aks etishi mumkin», deyiladi Samsung izohida. Shuningdek, ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu xususiyat smartfonning samaradorligiga va funksionalligiga aslo ta’sir ko‘rsatmaydi.

O‘QING: Samsung rasman tan oldi: Galaxy Note 8’da jiddiy muammo bor! (+video)