Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy surati e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  962
  •  18.07.2018 11:42

Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy surati e’lon qilindi!

Samsung shu kunlarda o‘zining to‘qqizinchi avlod fabletini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ammo bu gadjet allaqachon jonli tarzda «qo‘lga tushgan»idan ham xabaringiz bor.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 9 hali namoyish etilgani yo‘q, lekin kimlardir uni allaqachon tutib yuribdi

@Evleaks niki bilan mashhur bo‘lgan insayder Evan Blass (Evan Blass) o‘zining Twitter akkauntida Samsung Galaxy Note 9 planshetofonining birinchi rasmiy render-suratini chiqardi. Fabletning avvalgi rasmlaridan farqli o‘laroq, bu tasvir chindan ham ushbu qurilmaning matbuot uchun tayyorlangan materiallariga tegishli.

O‘QING: Galaxy Note 9: taqdimot, narx, jihat va savdoga chiqadigan kun

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 9 modelining asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – yangilangan S Pen stilusidir. U Bluetooth moduli bilan ta’minlangan bo‘lib, shu orqali kamerani, musiqalar ijrosini va smartfonning boshqa funksiyalarini boshqarish mumkin.

Yangi suratda yaxshi ko‘rinib turganidek, planshetofon asosiy kamerasining ob’yektivlari o‘lchamiga ko‘ra o‘zaro ancha farqlanadi. Gorizontal joylashgan fotomodullar qatorida fotochaqnoq hamda yurak urishi chastotasini o‘lchovchi datchik joylashgan.

Samsung Galaxy Note 9 smartfoni 9 avgustda taqdim etilishi kutilmoqda. Janubiy koreyalik texnogigantning allaqachon sotuvga chiqarilgan aksariyat telefonlarini esa o‘zimizda ham rasmiy kafolat bilan olish mumkin.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlarining chegirmali narxlari (2018 yil 16 iyul)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!