Galaxy Note20+ ning akkumulyator sig‘imi va kamera rezolyutsiyasi qancha bo‘ladi?

Galaxy Note20+ ning akkumulyator sig‘imi va kamera rezolyutsiyasi qancha bo‘ladi?

Kuni kecha Samsung Galaxy Note20+ smartfoniga yangicha 3D Sonic Max barmoq izi skaneri qo‘yilishi haqida xabar bergan edik. Endi ushbu flagmanning boshqa jihatlari ham ma’lum bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, Samsung Galaxy Note20+ ga 4,500 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. Bu sig‘im o‘tgan yilgi Galaxy Note10+ nikidan katta bo‘lsa-da, Galaxy S20 Ultra'ning 5,000 mA/soatidan kichik.

Akkumulyator EB-BN985ABY mahsulot kodiga ega, nominal sig‘imi esa 4,370 mA/soat. Bu esa reallikda 4,500 mA/soat deganidir. Galaxy S20+ da ham xuddi shuncha sig‘imli akkumulyator bor. GSMArena sinovlarida 120Hz yangilanish chastotasi yoqilganda, S20+ avtonomligi 87 soat, 60Hz'da esa 97 soat bo‘lgan.

Yana ma’lum bo‘lishicha, Note20+ ning asosiy kamerasi 108 megapiksel bo‘ladi. Bu S20 Ultra'niki bilan bir xil linza bo‘ladimi yoki undan takomillashganmi, bunisi hozircha noma’lum. Sizdirilgan ma’lumotlarda qo‘shimcha qilinishicha, Note20+ da S20 Ultra'dagi kabi periskop kamera bo‘lmaydi, uning o‘rniga S20/S20+ lardagi 68MP gibrid zum kamerasi bo‘ladi.

Yana bir ma’lumot. O‘tgan oy Galaxy Club'dagilar Note20'ning akkumulyator sig‘imi haqida ma’lumot aniqlashgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, yangi Note'larning kichik vakilini xuddi S20 kabi 4,000 mA/soatlik akkumulyator quvvatlantiradi.

O‘QING: Samsung to‘satdan Galaxy Note 20’ni o‘z saytiga chiqarib qo‘ydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.