Galaxy S: uyg‘onish, parvoz, sudlashish, muammolar va yana mukammallik cho‘qqisi sari – hammasi 9 yilda

  •   Saroy
  •  1224
  •  14.08.2018 09:46

Galaxy S:  uyg‘onish, parvoz, sudlashish, muammolar va yana  mukammallik cho‘qqisi sari – hammasi 9 yilda

Eslaysizmi, 2010 yil.  Apple iPhone  orqali dunyoni zabt etishga kirishganida Android’ga endi ikki yil to‘lgan edi, lekin hech kim uni jiddiy qabul qilmagandi, o‘shanda. Shunga qaramay, Samsung’ning ilk Android-flagmani — Galaxy S atigi yetti oyda sotilishi bo‘yicha iPhone’ga tenglashishga muvaffaq bo‘ldi va Apple’ning rejalarini chippakka chiqardi. Hozir esa Galaxy S9 savdoga chiqib turibdi. Quyida smartfonlar bozori liderlaridan biri sanalgan Samsung Galaxyning jangovar tarixiga bir nazar tashlaymiz.

Galaxy S: Android’da ilk flagman (iyun 2010)

Albatta, Galaxy S lineykasida ilk gadjetni chiqarish arafasida boshqa ishlab chiqaruvchilar ham o‘zlarining «birinchi  raqamli smartfon» ni chiqarishga shay bo‘lib turgandi. Masalan, o‘sha HTC Desire 512 MB ichki xotirasi bilan yoki  384 MB tezkor xotirasi bo‘lgan Sony Ericsson Xperia X10 ham kamida 8 GB ichki xotiraga ega bo‘lgan Samsung Galaxy S bilan raqobat qila olmasdi.

O‘QING:Kuting! Ekranda barmoq izlari skaneri endi arzon smartfonlarda ham bo‘ladi

Galaxy S modelida ilk qo‘llanilgan ayrim texnik yechimlardan ishlab chiqaruvchi hozir ham voz kechgani yo‘q. Masalan, o‘zining ishlab chiqargan protsessori. Ushbu protsessor Galaxy S’da  Hummingbird, keyinchalik nomi Exynos 3 Single 3110’ga o‘zgartirildi. Uning asosiy o‘ziga xos tomoni — PowerVR SGX540 grafik tezlashtirgichiga egaligi, uning qayta ishlash imkoniyati soniyasiga 90 million uchburchakni tashkil etardi (u vaqtlarda GPU’ning ishlash samaradorligini aynan shu yo‘l bilan o‘lchagan). Bu boshqa istalgan smartfonga ko‘ra uch  marotaba ko‘p hisoblanadi.

Mazkur lineykaning yana bir o‘ziga xos tomoni — AMOLED displeyi bo‘ldi, u keyingi yillari ancha bahs-munozaralarga ham sabab bo‘lgan. O‘shanda haqiqatan ham yorug‘lik uzatish qismlari ancha tanqidga uchragandi.

Ushbu gadjetning tashqi ko‘rinishi ham tanqidlarga sabab bo‘ldi. O‘sha vaqtlari bir  hazil ibora ommalashib ketgandi: Galaxy S dizaynini yaratish uchun atigi ikki xodim kerak bo‘lgan — biri  iPhone smartfonini  qog‘ozga bosib turgan, ikkinchisi esa uni aylantirib chizib chiqqan.  «Kuzov» va qobiqning o‘xshashligini inkor etish haqiqatan ham qiyin edi.   Samsung bilan Apple o‘rtasidagi sud tortishuvlari haqidagi yangiliklarni esa nashrlarda qariyb har oyda o‘qish mumkin edi.

O‘QING:Samsung’ning «masxaraviy» seriali: u Galaxy Note 9 reklamasida ham Apple va iPhone X ustidan kulmoqda

Samsung Galaxy S II: haqiqatan ham qudratli model (2011 aprel)

Boshqa ishlab chiqaruvchilar  3D-kamera (HTC Evo 3D) va portativ konsollarini   (Sony Ericsson Xperia Play) sinovdan o‘tkazib yurgan bir paytda, Samsung eng qudratli smartfonni chiqarib qo‘ya qoldi. Uning dizayni biroz burchakli bo‘lgani bilan, tub o‘zgarishlarni boshdan kechirmadi. Shu bois ham yangi Galaxy S II nashrlar tomonidan zavq-shavq bilan qarshi olinmadi: raqobat jangi avj olgan bir paytda gadjet juda zerikarli ko‘rinardi.

Shunga qaramay, tarix hammasini o‘z o‘rniga qo‘ydi: Aksariyat xaridorlarga chiroyli smartfon emas, balki ishlash samaradorligi yana, raqiblaridan  ikki yilga ilgarilab ketgan kuchli qurilma kerak edi. Va bunda  Galaxy S II ko‘p narsani taklif etayotgandi: 1 GB tezkor va kamida 16 GB ichki  xotira, ikki yadroli Exynos 4210 protsessori va grafik tezlashtirgich Mali-400MP4. Ushbu ustunliklar bilan Galaxy S II  aloqa salonlarida ham, ikkilamchi bozorda ham juda mashhur bo‘lib ketdi. Ushbu gadjet hozir ham eng zamonaviy 8.0 Oreo’gacha  Android versiyasini ishlatadi.

Samsung Galaxy S III: ohangjamolari bilan (2012 may)

iPhone’dan qatorasiga uchinchi yil nusxa ko‘chirish yaxshilikka olib kelmasdi. Shu bois Galaxy S III’ning  dizayni to‘liq o‘zgartirildi. Rasmiy xabarlarda kompaniya biroz  dumoloq shakl berilgan gadjetini yaratishda dengiz toshlaridan ilhom olganini ta’kidlardi, biroq foydalanuvchilar  unga “sovuncha” deb nom berib  qo‘ya qolishdi.

O‘QING:Samsung’ning Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Ushbu modeldan boshlab Samsung flagmanlarini foydali funksiyalar bilan to‘ldira boshladi. Sharhlovchilar yangi gadjetning funksiyalarini   maqtar, nigohni kuzatish, fotosuratlarni ekran ustiga barmoq tekkizib sahifalash haqiqatan ham barchaning zavqini keltirardi, ammo  haqiqiy hayotda bundan hech kim foydalanmasdi. Fayllarni S Beam deb nomlanuvchi NFC bo‘yicha tez uzatish opsiyasi ham unchalik zarur funksiya bo‘lib chiqmadi.

Qurilmaning ichida navbatdagi inqilob yuz bermadi.  Galaxy S III chipi avvalgi modelga nisbatan ikki martaga oshirilgan, ya’ni  32 yadroli protsessorga  ega bo‘ldi. Bu vaqtda  Qualcomm 28 chi texprotsess va ikki marotaba kuchaytirilgan grafik tezlashtirgichni taklif qilayotgan edi. Xullas, smartfon ancha bahsli  tarzda chiqdi, ammo bu ham modelning juda ommalashib ketishiga halaqit bera olmadi. Gadjet bir necha yil davomida eng xaridorgir matohga aylandi.

O‘QING:TEST: Samsung’ning eng qimmat, eng zo‘r flagmani iPhone X va OnePlus 6’gayam bas kelolmadi!

Samsung Galaxy S4: maydonga «romsizlar» chiqadi (2013 aprel)

«Yomon-yaxshi» sxemasiga amal qila turib, Samsung ushbu kurilmasini avvalgi dizaynda, ammo avvalgi modelning kamchiliklarini bartaraf etib chiqardi. AMOLED texnologiyasi bo‘yicha chiqarilgan Full HD matritsasi sifati bilan hatto Pen Tile’ni yomon ko‘radiganlar uchun ham ma’qul keldi. Sakkiz yadroli Exynos Octa chipi boshqa qolgan protsessorda qurilma chiqaruvchilarini ortda qoldirib ketdi, simsiz modul esa Wi-Fi 802.11ac standartini ham qo‘llab quvvatlardi.

Ammo yangi qurilmaning eng asosiy yutug‘i aynan displey sanaladi, chunki uning diagonali korpus kichraytirilganiga qaramay besh dyuymgacha kengaytirilgan. Ta’kidlash joizki, aynan Galaxy S4 “romsiz” qurilmalarni urfga kiritdi. Ishlab chiqaruvchilar ekran  maydonining qurilma old yuzasini to‘liq egallashiga e’tibor qaratishi ham shundan boshlandi.

Samsung Galaxy S5: eng g‘alati model (2014 aprel)

Birinchidan, bu Qualcomm’dan chipset olgan asosiy versiyali eng birinchi gadjet bo‘ldi. Natijada ishlar samaradorligi jihatidan  ushbu qurilma raqobatchilaridan farq qilmay qo‘ydi. Sababi ham kulgili — Samsung shunchaki Exynos’da LTE’ni joriy qilishga ulgurmadi.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling! SHAASUIVG – Samsung emas

Ikkinchidan, smartfon dizayni nima qilmaslik kerak degan savolga yaqqol javob bo‘ldi.

Uchinchidan — keraksiz funksiyalarning ko‘payib ketishi. Barmoq izlari skaneri  qiynalib ishlardi, kamera yonidagi pulsometr esa kimga kerak, tushinib bo‘lmasdi. Shunday kamchiliklariga qaramay, Galaxy S5 asosiy versiyalarining nam o‘tkazmaydigan qobiliyati bilan juda sifatli gadjet hisoblanardi. Ustiga ustak, u akkumulyatori yechiladigan Samsung’ning so‘nggi flagmani edi, shu bois qurilma  yanada mashhur bo‘ldi.

 Samsung Galaxy S6: Akela yana adashdi (2015 aprel)

Samsung’dagilar Galaxy S5 va S6 modellardagi kamchiliklarni tahlil qilib ko‘rishdi. Chunki bu modellar haqiqiy inqilobga aylanishi kerak edi va sotuv ko‘rsatkichlarini ham avvalgi cho‘qqiga qaytarishi kerak edi. Birinchidan, yangi qurilmalarning dizayni qayta ko‘rib chiqildi. Apparatlar tashqi ko‘rinishidan haqiqatan ham juda zo‘r chiqdi: oynasi va metalining bir-biriga mos tushgani flagmanni boshqa raqobatchilardan har tomonlama ustun bo‘lishini ta’minladi, Edge-versiyasi esa umuman kelajakdan kelib qolganga o‘xshardi.

Yangi qurilma yana qaytadan flagman darajasiga qaytdi. Exynos nihoyat LTE va hatto LTE-A bilan ta’minlandi, qimmat smartfonlarda Qualcomm’dan voz kechildi. Samsung Pay G‘arb mamlakatlarida juda ommalashib ketdi, barmoq izlari skaneridan foydalanish yanada qulaylashdi, kamerasi esa barcha raqobatchilarni yarim yo‘lda qoldirib ketdi.

Lekin shunday narsalar ham bo‘ldiki, muxlislar uni kechira olmaydilar. Bu birinchi navbatta, xotira kartasidan voz kechilganini. Galaxy S6  ichki xotirasi 32, 64 va 128 GB versiyalari bilan taklif qilinganiga qaramay,  model taqchil matohga aylandi va kompaniya bu muammoni bartaraf eta olmadi. Ikkinchi jiddiy kamchilik — akkumulyatorini yechib olib bo‘lmaganligi, shu bois qurilma avtonom tarzda oz vaqt ishlardi. Yangi qurilmadagi batareya Galaxy S5’dagiga qaraganda kichik edi! Nihoyat, tushunib bo‘lmaydigan sabablarga ko‘ra, qurilma namdan himoyalanish tizimidan  mahrum bo‘lgandi. Kamchilik shu qadar jiddiy ediki, foydalanuvchilar yangi qurilmaning dizayni qanchalik jozibador bo‘lib ko‘rinmasin, undan voz kechib yana avvalgi modelga qayta boshlashdi. 

Samsung Galaxy S7: mukammallik sari yana bir qadam (2016 mart)

Tan berib aytish kerakki, Samsung kompaniyasi fanatlar talabini inobatga olib, Galaxy S7 modelini qariyb ideal flagmanga aylantirdi. Smartfonga xotira kartasi uchun slot va namdan himoyalanish tizimlari qaytdi, avtonom holatda ishlashi ham ancha yaxshilandi. Gadjet shu qadar omadli chiqdiki, natijada sotuvda barcha rekordlarni yangiladi. To‘g‘ri  Galaxy Note 7 bilan bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqelarni hisobga olmaganda. Bundan tashqari, yangi qurilma Samsung Pay’dan hatto eski terminaldan ham foydalansa bo‘ladigan  MST tizimi  bilan ham ta’minlandi.

O‘QING:Galaxy Note 9 taqdim qilindi: Samsung'ning eng kuchli va qimmat smartfoni

Xullas Galaxy S7 shu qadar yaxshi chiqdiki, aksariyat sharhlarda uning faqat ikitagina kamchiligi esga olinardi, xalos. Birinchisi, avvalgi flagmanidan buyon Edge-versiyasi yaxshilanmadi. Qayrilgan displey bilan smartfonni g‘ilofsiz qo‘lda ushlab turish shu qadar noqulay ediki, kaftingiz uning chekka qirralariga tegib ketishi bilan tugmachalari bexosdan bosilib ketardi. Ikkinchi kamchilik, bu kompaniyaning  USB Type-C uchun tirqishdan voz kechgani bo‘ldi, chunki bu paytga kelib,  qariyb barcha raqobatchilar ushbu tizimni joriy qilib bo‘lgandi.

Samsung Galaxy S8: cheksizlik chegara bilmaydi (2017 aprel)

Bu safar gadjetning komponovkasi va dizaynida muvaffaqiyatsizlik kuzatilmadi, aksincha shov-shuvli muvaffaqiyatlarni qayd etdi. Tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan ulkan qariyb «romsiz» displey old panelning 84 foizini egalladi. Bu,  kishi tasavvurini shu qadar larzaga soldiki, natijada tanqidchilar tanqidchi ekanini ham unutib, modelni faqat maqtay ketdi.

O‘QING:Samsung dunyoda birinchi bo‘lib 4-razryadli sig‘imi 4 terabaytga ega SSD-diskni ishlab chiqarmoqda

Edge-versiyadan voz kechish ham lineykaga foyda bo‘ldi. Endi asosiy modellarning qirralari qayrilgan, lekin qayrilishning o‘zi shu qadar kichraytirilgan ediki,  u o‘ylangan funksinallik qolib, vizual effekt yaratishga xizmat qildi. Shu tufayli model ergonomikasi ham yanada yaxshilandi. To‘g‘ri, jismoniy «domoy» tugmalaridan voz kechilganlik va barmoq izlari skanerining orqa panelga o‘tkazilishi hammaning ham ko‘nglidagi ish bo‘lmadi, ammo boshqa ustunliklari oldida bu kamichiliklar qariyb ko‘rinmay ketdi.

Galaxy S evolyusiyasi: to‘qqiz yil ortda qoldi

To‘qqiz yil davomida Galaxy lineykasidagi smartfonlar ekranining diagonali 4 dan 5,8 dyuymgacha kengaydi. Ammo ergonomikasi zarar ko‘rmadi va «belkurakka» aylanmadi, chunki displey maydonining old ustki maydoniga bo‘lgan nisbati  Galaxy S dagi 58 foizdan   Galaxy S8 da 83,6 foizgacha oshdi. O‘lcham albatta oshdi, lekin shuning hisobiga akkumulyator sig‘imi ham kengaydi, ya’ni: 1500 mAch’dan Samsung Galaxy S8’ga kelib 3000 mAch’gacha. Tashqi ko‘rinishga kelsak, u avvalgi ko‘rinishni saqlab qola bildi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.