«Galaxy S10 dizayni qanaqa o‘zi!?» – mashhur insayderlar talashib qolishdi!

  •   DiMaX
  •  1399
  •  14.11.2018 11:24

«Galaxy S10 dizayni qanaqa o‘zi!?» – mashhur insayderlar talashib qolishdi!

Janubiy koreyalik texnogigant kelasi yilning boshida Galaxy S10 flagman smartfonlarini taqdim etishi ma’lum. Ammo bu turkumdagi uchta modelning texnik jihatlari va dizayni borasida turli-tuman ma’lumotlar chiqib kelayotir.

O‘QING: Muhim texnologiyadan mahrum etilayotgan Galaxy S10 dizaynini rasmiy proshivka «sotib qo‘ydi»

Kecha – 13 noyabr kuni bir necha mashhur insayder ayni shu Samsung Galaxy S10 smartfonlarining dizayni va jihatlari masalasida Twitter tarmog‘ida tortishib qolishdi.

Avvalo, Evan Blass ushbu flagmanning bir necha muhim xususiyatlari haqida post joyladi. Unga ko‘ra, Galaxy S10 ekraniga yangicha – ultratovushli daktiloskopik skaner tatbiq etiladi. Shuningdek, uning displeyida selfi-kamera uchun tirqish (Infinity-O turidagi displey) ham mavjud.

Shuningdek, Blass fikricha, bu qurilma ikkita emas, balki uchta modulli (asosiy, keng burchakli va teleob’yektiv) bosh kameraga, yana Android Pie bazasidagi One UI grafik qobig‘iga ham ega.

O‘QING: Samsung yangi – One UI grafik qobig‘ini chiqardi, lekin uyam hamma uchun emas... (+«jonli» videolar)

Boshqa bir insayder – Ice Universe esa boshqacha fikr bildirgan. Unga ko‘ra, Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ modellari Infinity-O ekranga, Galaxy S10 Lite bo‘lsa «oddiy» – romli displeyga ega.

Janubiy koreyaliklarning yangi flagmanlari tirqishli displeyga ega bo‘lishi avvalroq ham aytilgan edi.

O‘QING: Galaxy S10 ekrani teshikli ekan! Uni Galaxy S9 va iPhone XS Max bilan solishtiramiz (+«jonli» surat)

Yuqoridagi fikrlarga uchinchi mashhur insayder – Benjamin Geskin qo‘shilmaydi. Uningcha, Samsung’ning «hamyonbop» flagmani – Galaxy S10 Lite ham Infinity-O displeyga ega bo‘ladi:

Bundan tashqari, Ice Universe yozishicha, shu paytgacha Samsung Galaxy S10 modeli, deya internetda e’lon qilingan suratlarning barchasi noto‘g‘ri va qurilmaning haqiqiy dizaynidan yiroq emish. Ammo bu flagman aslida qanday bo‘lishini ham mazkur insayder izohlamagan.

Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz saytida kuzatishda davom eting. Samsung’ning dunyo bozoriga chiqarilgan turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!