Galaxy S10+ flagmanining naq 1 terabaytlik UFS 2.1 xotirasi rasman taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  3110
  •  30.01.2019 11:00

Galaxy S10+ flagmanining naq 1 terabaytlik UFS 2.1 xotirasi rasman taqdim etildi

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S10+ smartfoni eng ilg‘or talqinda bir terabaytlik ichki xotiraga ega bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ular o‘z tasdig‘ini topdi – Samsung bugun yangi turdagi flesh-xotirani rasman namoyish etdi.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Galaxy S10+’ning eng sifatli «jonli» surati internetda ilk bor Terabayt.uz’da!

Ushbu eUFS turidagi xotira moduli o‘lchami oldingilaridek – 11,5x13 millimetrga teng. U «yangidan ishlab chiqilgan» kontrollerni hamda V-NAND rusumli 16 qavat flesh-xotirani o‘z ichiga oladi.

Mazkur ichki xotiraning o‘qish va yozish tezligi tegishlicha 1000 va 260 MB/soniyani tashkil etadi. Samsung allaqachon uni ommaviy ishlab chiqarishga joriy etgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 smartfonlarining Yevropadagi narxlari ma’lum qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.