Galaxy S10’larda allaqachon jiddiy nuqson chiqdi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  3144
  •  12.03.2019 10:26

Galaxy S10’larda allaqachon jiddiy nuqson chiqdi! (+«jonli» video)

Samsung kompaniyasining Galaxy S10 flagmanlari juda ko‘plab yangi texnologiyalarga ega. Ammo uni xarid qilganlarning aksariyati Face Unlock fuksiyasidan shikoyat qila boshlashdi.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Galaxy S10’ni ayovsiz tirnab-bukib sinab ko‘rishdi

Galaxy S10 smartfonlaridagi Face Unlock – egasining yuzini tanish orqali tizimning qulfdan chiqarilishi to‘g‘ri ishlamas ekan. Internetda tarqalgan ko‘plab videoroliklarda aks etishicha, egasining fotosurati bo‘lsa bas – smartfon blokdan chiqaveradi. Bunda hatto rasmning qog‘ozga chop etilgan bo‘lishi ham shart emas – uni boshqa smartfon ekranidan ko‘rsa ham Face Unlock egasini «tanib», qulfni ochadi.

Mana, buni quyidagi videoda ko‘ramiz:

Gonkonglik bloger Jeyn Vong (Jane Manchun Wong) ham akasining telefonini o‘z yuzini skanerlash orqali ochganini Twitter’da yozgan.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli rusumlardagi Samsung smartfonlarini 859 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Galaxy S10 flagmani allaqachon Terashop.uz’da! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 28 fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!