Galaxy S10 oilasi flagmanlariga avgust oyi xavfsizlik patchi yetib keldi

Galaxy S10 oilasi flagmanlariga avgust oyi xavfsizlik patchi yetib keldi

Samsung Galaxy S10, S10+ va S10e'lar uchun dastur yangilanishini taqdim etdi. Yangilanish smartfonlar xavfsizlik darajasini 2019-yil 1-avgust sanasiga oshirdi.

Ushbu yangilanish versiyasi G97*FXXS3ASH1 bo‘lib, hajmi 100 MB atrofida. Biroq yangilanish ma’lumotlarida xavfszilik patchidan boshqa hech qanday jihat ko‘rsatilmaganidan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu trioga biror bir yangi funksiya qo‘shilmagan.

Samsung hozirgacha 20 ga yaqin mamlakatlarda, jumladan, Ruminiya, Germaniya, Gretsiya, Shveysariya, Irlandiya, Polsha, Ispaniya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Chexiya, Niderlandiya, Fransiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya va Skandinaviya mintaqalarida yangilanishni taqdim qildi.

Agar S10, S10+ yoki S10e'ingizda yangilanish haqida xabar kelmagan bo‘lsa, qurilmangizning Sozlamalar> Dastur yangilanishi menyusiga o‘tib, yangilanishlarni qo‘lda tekshirishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung keyingi ikki yil ichida grafen akkumulyatorli smartfon chiqarmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!