Galaxy S10+ va Galaxy A80 smartfonlarini Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 10 Pro 5G’ga almashtirib bermoqchi!

  •   DiMaX
  •  1930
  •  25.06.2019 11:28

Galaxy S10+ va Galaxy A80 smartfonlarini Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 10 Pro 5G’ga almashtirib bermoqchi!

Samsung kompaniyasi yangi avlod – Galaxy Note 10 fabletlarini namoyish etadigan kun va joy ma’lum bo‘lgan. Yangi turkumning kamida uchta modeldan iborat bo‘lishi, ulardan biri beshinchi avlod uyali tarmog‘ida ham ishlashi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy Note 10 hamda Note 10 Pro taqdimot kuni aniq, lekin ular allaqachon hafsalani pir qildi

Kompaniya hali taqdimot kunini rasman aytmasdan turib, Samsung Galaxy Note 10 Pro 5G modelini allaqachon reklama qila boshladi. Bugina emas – ushbu qoyilmaqom qurilmani kompaniya aksiya doirasida o‘zining boshqa smartfoniga almashtirib berishni va’da qilayotir!

Joriy yilning 1 iyulidan to 31 avgustigacha Xitoyda bo‘lib o‘tadigan ushbu aksiya shartlariga ko‘ra, mijoz mazkur davrda Samsung Galaxy S10+ (sotib olish) yoki Samsung Galaxy A80 smartfonini xarid qilishi lozim. Keyinroq, ya’ni Samsung Galaxy Note 10 Pro 5G sotuvga chiqqanidan so‘ng esa narxidagi farqini to‘lagan holda, bu smartfonini yangi flagmanga almashtirib oladi.

Aksiya muddatlariga qaraganda, Samsung Galaxy Note 10 modellari yozning oxiridayoq sotuvga chiqadi. Allaqachon global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: 2019 yilning eng zo‘r 10 smartfoni («Roskachestvo» talqini) va narxlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.