Galaxy S11 flagmanlari ertaroq namoyish etiladi – MWC 2020’ni ham kutmaymiz!

  •   DiMaX
  •  1733
  •  11.12.2019 13:53

Galaxy S11 flagmanlari ertaroq namoyish etiladi – MWC 2020’ni ham kutmaymiz!

Samsung Electronics keyingi yilning fevralida Galaxy S11, Galaxy S11e hamda Galaxy S11+ flagmanlarini taqdim etadi. Kuni kecha biz ularning tashqi ko‘rinishini fosh etuvchi «jonli» suratlarni e’lon qilgandik.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Endi esa mashhur informator Ice Universe mazkur smartfonlar borasida muhim ma’lumot tarqatdi. Unga ko‘ra, Samsung Electronics kelasi yilning 18 fevral kuni San-Fransisko shahrida yirik matbuot anjumani o‘tkazadi. Mazkur tadbirda Samsung Galaxy S11 turkumidagi yangi smartfonlar taqdim etiladi.

Galaxy S11 flagmanlar turkumidan tashqari, Samsung mazkur marosimda yana qayishqoq ekranli yangi buklamafonini ham taqdim qiladi. Motorola RAZR singari «raskladushka» form-faktorli bu smartfonning videosini kompaniya avvalroq videoda ko‘rsatgan edi.

Shu kungacha janubiy koreyalik gigant Galaxy S11 turkumi smartfonlarini 24–27 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress 2020 tadbirida ko‘rsatishi kutilayotgan edi. Lekin, aftidan, Samsung yangi flagmanlariga yanada ko‘proq e’tibor jalb etish uchun ularni ertaroq namoyish etmoqchi.

Aytish kerakki, Ice Universe e’loniga hozircha Samsung Electronics rasman biror munosabat bildirmagan.

O‘QING: Yil jangi: Samsung vs Apple