Galaxy S23 smartfonlari rekord o'rnatdi

Galaxy S23 smartfonlari rekord o'rnatdi

Fevral oyining ilk sanasida Samsung o'zining Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini butun dunyo, xususan, Hindiston uchun ham taqdim qildi. Smartfonlar Amerikada bo'lib o'tgan taqdimotda o'zgarmagan narxlarda chiqarilgan bo'lsa ham, Hindiston uchun bu holat saqlab qolinmadi. Biroq, narxlar oshishiga qaramay smartfonlar mamlakatda yangi rekord o'rnatishdi.

Samsung Hindiston bo'limining katta vitse-prezidenti bergan ma'lumotlarga ko'ra, kompaniya o'zining yangi flagmanlari uchun 24 soat ichida 140 ming atrofida oldindan buyurtmalar qabul qilgan. Bu o'tgan yilgi Galaxy S22 buyurtmalariga taqqoslaganda deyarli ikki barobar ko'p va bu mamlakatda premium qurilmalar uchun kuchli talab borligini anglatadi.

Galaxy S23 smartfonlarining Hindistondagi o'rtacha narxi 99 ming rupiya (1200 dollar) ekanligini hisobga olsak, Samsung bir kun ichida 169 million dollar daromad qilgan.

Ta'kidlash joizki, Samsung yaqinda o'zining Galaxy smartfonlarini Hindiston ishlab chiqarishini ma'lum qilgan edi.

O'QING: Galaxy S23 Ultra iPhone 14 Pro Max'dan kuchliroqmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!