Galaxy S30 smartfonlari haqida ilk ma’lumotlar: ulkan ekran, arzon protsessor...

  •   DiMaX
  •  4394
  •  15.07.2020 17:56

Galaxy S30 smartfonlari haqida ilk ma’lumotlar: ulkan ekran, arzon protsessor...

Samsung korporatsiyasi o‘zining Galaxy S10 turkumidan keyingi flagmanlarini Galaxy S11 emas, balki Galaxy S20 deb nomlagan. Shunga ko‘ra, ularning davomchisi endi Galaxy S30 deb atalishi kerak.

O‘QING: Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

Internetda allaqachon kelasi yil taqdim etiladigan Samsung flagmanlari haqida ayrim xabarlar tarqala boshladi. Xitoydagi manbalarning yozishicha, ular hozirgi smartfonlarnikidan ham katta ekranga ega bo‘ladi.

Insayderlar hatto aniq raqamlargacha keltirishmoqda: flagmanlarning «eng kichigi» bo‘ladigan Galaxy S30 diagonaliga 6,911 dyuymlik ekran bilan chiqariladi. Ikkinchi – Galaxy S30 Plus displeyi 7,076 dyuymlik bo‘lsa, eng yirigi Galaxy S30 Ultra flagmanida naq 7,095 dyuymlik ekran qo‘llanadi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, kompaniyaning bu yilgi flagman turkumining eng yirik vakili – Galaxy S20 Ultra modeli 6,9 dyuymlik displeyga ega.

Bundan tashqari, Samsung kelasi yilgi flagman smartfonlarida hali taqdim etilmagan Snapdragon 875 chipsetidan voz kechishi ham aytilmoqda. Janubiy koreyalik korporatsiya uning o‘rniga o‘z mahsuloti – ancha arzonga tushadigan Exynos 1000 protsessorini (uyam hali namoyish qilinmagan) qo‘llaydi. Bu esa Galaxy S30 turkumining tannarxini pasaytirish evaziga smartfonlarning yakuniy narxini hozirgi darajada ushlab turish imkonini beradi.

O‘QING: Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!