Galaxy S9’ni xitoylik smartfon GeekBench’da mag‘lub etdi (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  1142
  •  29.03.2018 16:06

Galaxy S9’ni xitoylik smartfon GeekBench’da mag‘lub etdi (+«jonli» surat)

O‘tgan yilgi smartfonlar orasida eng samaradorligi yuqorisi – OnePlus 5T ekanidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Kompaniyaning keyingi flagmani ham tayyorlanmoqda va u allaqachon benchmarkda sinab ko‘rildi.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Samsung Galaxy S9+ o‘tgan yilgi xitoylik flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Mashhur isayder Evan Bless (Evan Blass)  kechagina OnePlus 6 deb nomlangan mazkur smartfonning ilk «jonli» suratini ham namoyish etgan edi. Mana, tomosha qiling-da:

Bugun esa shu OnePlus 6 qurilmasi GeekBench servisida NS-P7819 model raqami ostida o‘z kuchini sinab ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Benchmarkning ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, xitoyliklarning bu flagmani yakka kristalli Snapdragon 845 tizimi bilan jihozlangan. Shunga qaramasdan, OnePlus 6 hatto Samsung Galaxy S9 flagmanidan ham yuqori natija qayd etdi:

Ko‘rib turganingizdek, OnePlus 6 yakka yadroli testda 2535 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 8632 ball to‘plagan.

Ushbu telefon 6 gigabayt hajmli tezkor xotiraga ega bo‘lib, OxygenOS grafik qobig‘i ostidagi Android 8.1 operatsion tizim talqinida ishlaydi. Uning taqdimoti shu yilning iyunida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Darvoqe, OnePlus 6 yaqindagina yana bir benchmarkda – AnTuTu servisida ham eng yuqori ko‘rsatkichni namoyon etgan edi.

O‘QING: AnTuTu’da rekord o‘rnatgan OnePlus 6’ni batafsil tomosha qilamiz! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!