Galaxy S9 tekinga tarqatildi: Apple gadjetlariga qarshi yangicha marketing yurishlar

  •   Saroy
  •  2230
  •  29.09.2018 12:08

Galaxy S9 tekinga tarqatildi: Apple gadjetlariga qarshi yangicha marketing yurishlar

Ko‘pchillikka ma’lumki, Samsung kompaniyasi tez-tez Apple'ning jig‘iga tegishni odat qilib olgan. Bu gal Janubiy Koreyaning texnologiyalar  giganti yangicha marketing yo‘nalishini tanladi. Bu yerda  ish Genius Bar intereridan ancha uzoq,  gap aynan Niderlandiyadagi Appel deb nomlanuvchi kichkinagina qishloqcha haqida ketmoqda.  Ha, topdingiz, Appel, golland tilida ham olma, degani.

O‘QING:«Xitoycha Apple» ham haqiqiy iPhone’lar narxlaridagi o‘z XR, XS va XS Max’larini savdoga chiqardi!

Samsung jamoasi qishloqqa qarab yo‘l olishdi va aholisi 312 kishisidan iborat qishloqning ellik nafar fuqarosiga Galaxy S9 flagmanini tekin tarqatdi. Samsung kompaniyasini reklama qilish uchun Apple qishlog‘ida yashovchi Samsung’ning 18 yoshli muxlislari ish olib borishdi. Natijada “Olma” qishlog‘ida bitta ham “olmali” smartfon tutgan odam qolmadi.

O‘QING:Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!