Galaxy Z Flip 3 rasmiy suratlari navbatdagi Galaxy Unpacked sanasini fosh etdi

  •   DiMaX
  •  396
  •  30.06.2021 10:06

Galaxy Z Flip 3 rasmiy suratlari navbatdagi Galaxy Unpacked sanasini fosh etdi

Samsung kompaniyasi ushbu yozda bir qator yangi gadjetlarining namoyishiga bag‘ishlangan Galaxy Unpacked tadbirini o‘tkazadi. Unda ko‘rsatiladigan devayslardan biri Galaxy Z Flip 3 bo‘lib, biz uning birinchi «jonli» va sifatli suratlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Galaxy M hamda Galaxy A turkumining oltita modelida ishkal – «Hard reset» ham ish bermayapti!

Kuni kecha «raskladushka» form-faktorli Galaxy Z Flip 3 smartfonining bir nechta rasmiy suratlari tarqaldi.

Ularda mazkur buklamafonni har tomonidan ko‘rsatishgan.

Rasmlardan biridagi smartfonning qo‘shimcha ekranida 11 avgust sanasi aks etgan. Katta ehtimol bilan, Galaxy Unpacked tadbirining navbatdagisi ayni shu kuni bo‘lib o‘tadi.

Galaxy Z Flip 3 modelidan tashqari, Samsung shu tadbirda yana Galaxy Z Fold 3 buklamafoni, Wear OS operatsion tizimli Galaxy Watch 4 smart-soati hamda Galaxy Buds 2 rusumliTWS-quloqchinini ham ko‘rsatishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!