Galaxy Z Flip4'ga raqobatchi tayyor

Galaxy Z Flip4'ga raqobatchi tayyor

Uzoq kutilgan Motorola Razr 2022 modeli nihoyat taqdim etildi. Smartfon Z Flip4 kabi “raskladushka“ forma faktorida ishlangan bo‘lib, unga takomillashgan displey va kamerlar, shuningdek, flagman darajadagi chip o‘rnatildi. 

Displey hajmi 6.7 dyuym bo‘lib, bu bo‘yicha yangi model avvalgisidan farq qilmaydi. Biroq endi displey yaxshiroq buklanuvchi mexanizga ega bo‘ldi, bundan tashqari, endi u 144 gersda ishlaydi hamda HDR10+ standarti qo‘llab-quvvatlaydi. 

Birinchi va ikkinchi avlodda ekran ostida dag‘al ramka chiqib turar edi. Yangi avlodda ushbu ramka olib tashlangan. Bu esa o‘z navbatida smartfon dizaynini yanada yaxshilanganidan dalolat beradi. Old paneldagi yumaloq tirqishli 32MP selfi kamera ham smartfon uchun yangilik hisoblanadi. 

Orqa paneldagi ikki kameradan ham selfi sifatida foydalanish mumkin. Bunda 2.7 dyuymli tashqi OLED displeyi yordamga keladi. Ko‘rinishidan tashqi displeyda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. 

Orqa panelda optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy kamera va 13MP ultrakeng kamera joylashgan. Avvalgi model o‘rta darajadagi Snapdragon 765G chipi bilan jihozlangan edi. Ammo yangi model hozirgi kundagi eng kuchli Snapdragon 8+ Gen1 chipiga ega bo‘ldi. 

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MyUI 4.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilma Dolby Atmos funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamiklarga ega. 

Smartfonga oldindan buyurtma berish mumkin. U faqat qora rangda yetkazib beriladi. Qurilmaning narxi quyidagicha:

8/128GB - 890 dollar

8/256GB - 965 dollar

12/512GB - 1085 dollar

Hozircha smartfonning xalqaro bozorga sotuvga chiqishi noma’lum. 

O‘QING: Motorola dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfonni rasman taqdim qildi! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.