Galaxy Z Fold4'ning xitoycha versiyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Galaxy Z Fold4'ning xitoycha versiyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi

Samsung kompaniyasi o'tgan yilning oktyabrida o'zining W22 5G buklamafoni Xitoyda taqdim qilgan edi. Endilikda ma'lum bo'lishicha, uning davomchisi, W23 5G, 21-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da namoyish qilinadi.

Janubiy Koreya kompaniyasining bu yilgi W23 5G buklamafoni qo'shimcha xususiyatlarga ega bo'lishi haqidagi ma'lumotlar mavjud emas. O'tgan yilgi W22 5G shunchaki Galaxy Z Fold 3'ning xitoycha versiyasi bo'lganligini hisobga olsak, W23 5G ham Galaxy Z Fold4'ning Xitoydagi nusxasi bo'lishi aniq.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung bu yili ham faqat bitta qurilma bilan cheklanib qolmoqchi emas: tarqatib yuborilgan tizer posterga ko'ra kompaniya nafaqat Galaxy Z Fold 4, balki Galaxy Z Flip 4 modelini ham W23 Flip 5G nomi ostida Xitoy bozoriga olib kirish niyatida.

O'QING: Meizu o‘z muxlislari bilan yaratilgan yangi smartfon dizaynlarini namoyish qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!