Gameloft yubileyi sharafiga naq 30 ta Android-o‘yinni bepul beryapti!

  •   DiMaX
  •  2709
  •  17.04.2020 09:21

Gameloft yubileyi sharafiga naq 30 ta Android-o‘yinni bepul beryapti!

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantinda kishilar zerikib qolmasliklari va ko‘chaga zaruratsiz chiqmasliklariga o‘yin studiyalari ham hissa qo‘shib kelishyapti. Jumladan, Android-smartfonlarga ikkita sarguzasht o‘yinni vaqtincha bepul tarqatishyapti.

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Uzoq vaqt mobil o‘yinlar bozorida yetakchilik qilgan Gameloft kompaniyasi ham ushbu an’anaga qo‘shildi. Studiya o‘zining 20 yillik yubileyi sharafiga yangi bepul to‘plamini Google Play’ga chiqardi. Unda Android-qurilmalarga mo‘ljallangan naq o‘ttizta klassik o‘yin jamlangan!

Ushbu yangi to‘plam Gameloft Classics: 20 Years deb nomlangan bo‘lib, beshta janr va toifaga mansub o‘yinlarni o‘z ichiga olgan. Ularning aksariyatida dasturchilar D-pad virtual interfeysini qo‘shishgan va sensor displeylardan boshqarish oson bo‘lishi uchun qo‘shimcha tugmachalar bilan to‘ldirishgan.

Gameloft Classics: 20 Years to‘plamini yuklab olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!