Ghostbusters World: «Arvoh ovchilari» mobil o‘yini ham chiqdi

  •   Saroy
  •  1160
  •  27.10.2018 11:53

Ghostbusters World: «Arvoh ovchilari»  mobil o‘yini ham  chiqdi

Sony Pictures «Arvoh ovchilari» kino filmi bo‘yicha o‘yin chiqardi. U xuddi shov-shuvli Pokemon Go o‘yiniga o‘xshagan qo‘shimcha reallik elementlari va geopozitsiyadan foydalanadi.  O‘yinchilar haqiqiy shahar ko‘chalarida xarita bo‘yicha arvohlarni qidirib yuradi va ularni tutish kerak.

O‘QING: “Odnoklassniki” mobil o‘yinlar dasturchilari uchun chempionat o‘tkazadi

Gostbusters World o‘yinida butun dunyodan o‘yinchilar arvoh qidirish bo‘yicha o‘zaro musobaqalashadi. Shaharning real xaritasida nuqta chiziladi, u yerdan qo‘rqinchli mahluq paydo bo‘ladi. O‘yinchi o‘sha joygacha piyoda borishi kerak va kamerani mahluqqa qaratish kerak hamda protonli zambarakdan o‘qqa tutadi, keyin esa tuzoqni tashlaydi.

Mahluqlardan kolleksiya yaratsa bo‘ladi hamda ularni ko‘paytirish mumkin. Ayrim arvoh-yo‘lboshchilarni faqat boshqa o‘yinchilar bilan birgalikda ushlash mumkin.

O‘QING:Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!