Gibrid transformer Acer Switch One 10 S1003

Gibrid transformer Acer Switch One 10 S1003

Yaqinlashayotgan IFA 2016 ko‘rgazmasida Acer Windows 10 operatsion tizimida ishlaydigan Switch One 10 S1003 transformerini namoyish etadi. Transformer bir vaqtda noutbuk, planshet va taqdimot o‘tkazishga mo‘ljallangan qurilma vazifalarini bajaradi.

Ekranli qismning qalinligi 10 mm atrofida bo‘lib, og‘irligi klaviatura bilan birga 1,27 kilogrammni tashkil qiladi. Klaviaturada tachpad va USB 2.0 porti mavjud. Acer Switch One 10 S1003 transformeriga 14 nanometrli Intel Atom x5-Z8300 protsessori o‘rnatilgan. Protsessor to‘rtta yadroga ega bo‘lib, har bir yadro 1,88 GGs chastotasida ishlaydi. IPS matritsali ekranning diagonali 10,1 dyuym bo‘lib, HD aniqlik darajasida ko‘rsatadi.

Korpus plastikdan tayyorlangan, akkumulyator sig‘imi – 5910 mA/soat. Transformer 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Bunday ko‘rsatkichlar qisqa muddatli sayohatlarga juda mos keladi.
Bundan tashqari, gibridda VGA va HD aniqligidagi kameralar, microSD karta sloti, microSD port va katta ekranlarga ulanish uchun microHDMI ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, model taxminan 255 AQSh dollariga sotiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.