Gigabyte noutbuklari geymerlarda katta qiziqish uyg‘otdi

  •   Saroy
  •  1399
  •  08.06.2018 18:33

Gigabyte noutbuklari geymerlarda katta qiziqish uyg‘otdi

Taybeyda o‘tayotgan Computex 2018 ko‘rgazmasida Gigabyte kompaniyasi bir juft o‘yin noutbuklarini ishtirokchilar e’tiboriga havola etdi, bular:  Sabre 15 va Sabre 17.

O‘QING: ASUS'dan «aqlli» noutbuklar, Lenovo’da ham yangilik bor

Bu qurilmalar geymerlar uchun mo‘ljallangan modellar orasida anchayin arzoni sanaladi, narxi 1300 AQSh dollaridan boshlanmoqda. Sabre 15 va  17 noutbuklari diagonali 15,6 va 17,3 dyumga ega bo‘lgan displey bilan ta’minlandi, shuningdek  Full HD (1920 x 1080 pikselli) formatga ega. Ikkala qurilma ham sakkizinchi avlod oltiyadroli Intel Core i7-8750H protsessori bilan jihozlangan. Tezkor xotirasi 32 GB gacha,  4 GB videoxotiraga ega, yana  NVIDIA GeForce GTX 1050 grafikasi bilan.

Yangi noutbuklar mini Display Port, HDMI va bir nechta  USB Type-C bilan qo‘llab quvvatlangan.

O‘QING: HP, Dell, Acer, Lenovo va boshqa noutbuklar narxlari (2018 yil 18 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.