Global elektromobillar bozorida "qirol" kim?

Global elektromobillar bozorida

Counterpoint tomonidan olib borilgan so'nggi tadqiqotlarga ko'ra, global elektr transport vositalari sotuvi 2022-yilning 3-choragida yiliga 71 foizga o'sgan. Unga ko'ra, Xitoyning BYD Auto elektromobillar ishlab chiqaruvchisi chorak davomida nafaqat global elektromobillar bozoridagi yetakchiligini saqlab qolgan, balki u o'zining amerikalik ashaddiy raqibi, ikkinchi o'rindagi Tesla bilan oradagi, farqni kengaytirishga muvaffaq bo'lgan.

Foto: Counterpoint Technology Market Research

Statistiga qaraydigan bo'lsak, BYD Auto joriy yilning uchinchi choragida 537 ming elektromobillar yetkazib berish bilan bozorning umumiy bozorning salkam 20 foizini band qilgan, Tesla esa 343 ming natija bilan o'zining xitoylik raqibidan keyingi o'rinda, 12.6% bilan turibdi. Xitoyning yana bir Wuling elektromobillar brendi ham bozorda 4.7 ulush bilan o'z o'rniga ega. Germaning Volkswagen kompaniyasi navbatdagi o'rinda 4.3% ulush bilan turgan bo'lsa, top beshlik yana bir Xitoy kompaniyasi, GAC Motors bilan yopiladi.

Foto: Counterpoint Technology Market Research

Shuningdek, Counterpoint joriy yil uchinchi choragidagi top 10 elektromobillar ro'yxatini ham ulashdi. Unga ko'ra, Ilon Mask Tesla'sining Model Y elektromobili 7.57% bilan eng ko'p sotilgan elektromobil bo'lib turibdi. Ro'yxatdagi qolgan o'rinlarning yarmidan ko'pi BYD Auto elektromobillari bilan to'lganligini yuqoridagi infografik suratdan ko'rish mumkin.  

O'QING: Apple'ning sun’iy yo‘ldosh orqali favqulodda yordam chaqirish xizmati bir odamning hayotini saqlab qoldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!